Miya nima?
Miya qanday tuzilgan? Miya haqida ma'lumot, Miya nima?
2 min
Inson organizmi

Inson va hayvonot dunyosini ajratib turuvchi barcha farqlar orasida eng muhimi miyadir. Koʻpgina pastki tabaqaga mansub hayvonlarning miyasi umuman yoʻq, juda kichik yoki yaxshi rivojlanmagan. Masalan, yomgʻir chuvalchangining miyasi toʻgʻnagʻich boshchasi kattaligida, quyonniki esa angishvonadan katta emas. Inson miyasining vazni oʻrtacha 1,3 kg ni tashkil qiladi. Aytgancha, miyaning kattaligi unchalik muhim emas. Masalan, filning miyasi odamnikidan kattaroq, ammo u unchalik rivojlanmagan.

Miya uchta asosiy qism — qobiq, kichik miya va uzunchoq miyadan iborat. Qobiq eng muhim qism hisoblanadi. Bizning barcha ongli harakatlarimiz aynan shu yerda nazorat qilinadi. Shuningdek, qobiq inson miyasining eng katta qismi boʻlib, bosh suyagining yuqori va orqa qismidagi barcha boʻshliqlarni toʻldiradi. Qobiq ikkita teng qismga yoki yarimsharlarga boʻlingan. Ularning yuzasi burma hamda ajinlar bilan qoplangan. Yuzasi esa hujayralardan tashkil topgan kulrang moddadan iborat. Hayvon turi (tabaqasi) qanchalik yuqori boʻlsa, burmalar shunchalik koʻp va chuqurroq boʻladi. Qobiq deb ataladigan bu yuza ostida asab tolalaridan tashkil topgan oq modda mavjud. Bu hudud boʻylab signallar qobiqdan qobiqqa oʻtadi. Qobiqning ayrim qismlari tananing muayyan funksiyalarini boshqaradi, shuning uchun bosh miya qobigʻining qismlari turlicha.

Fan maʼlumotlariga koʻra, koʻrish, sezish, eshitish yoki mayyan mushaklarning qisqarishini boshqaradigan ayrim joylar bor. Shuning uchun miyaning hatto bitta sohasi faoliyati buzilishi (masalan, qon ivishi tufayli) odamning, masalan, nutq kabi baʼzi bir harakatlarning bajarilishiga taʼsir qilishi mumkin. Kichi miya bosh suyagining orqa qismida, qobiq ostida joylashgan. U muvozanatni nazorat qiladi va mushaklarning ishini muvofiqlashtiradi. Shu sababli u shikastlanganda odam toʻgʻri chiziq boʻylab yura olmaydi yoki tekis turolmaydi.

Choʻzinchoq miyaning oʻlchami taxminan bosh barmoqqa teng va umurtqa pogʻonasining oxirida joylashgan. U nafas olish, yurak faoliyati, ovqat hazm qilish va boshqa oʻz-oʻzidan kechadigandek tuyuladigan koʻplab jarayonlarni boshqaradi. Bosh miyadan orqa miyaga oʻtadigan nerv uchlari aynan shu yerda birlashadi. Miyaning bir yarmi tananing qarama-qarshi tomonini boshqaradi. Masalan, oʻng yarimshar chap oyoqni boshqaradi va hokazo…

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!