Xotira nima?
Xotira nima?
2 min
Bu nima?

Alifboni tez va qiynalmay eslay olasizmi? Ismingizni osongina yozasizmi? Musiqa asbobida tanish kuy pardalarini cherta olasizmi? Ehtimol, bularning barchasini eslayman deyishingiz mumkin. Aslida esa siz bularning barchasini yodlab olgansiz va siz bularning barchasini odatni shakllantirish orqali oʻrgangansiz.

Boshqacha qilib aytganda, masalan, alifbo harflarini tartib bilan aytish yoki kuy pardalarini chertish kabi bir vaqtlar siz uchun qiyin boʻlgan narsalar odat tusiga kirganidan soʻng ularni bajarish oddiy boʻlib qoladi va deyarli avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Shuning uchun xotirani odatni shakllantirish orqali yodlash deb atash mumkin. Kishi juda koʻp bunday odatlarga ega va ular yordamida, masalan, kiyim tugmasini qadash yoki qoʻllarni yuvish kabi hayotidagi deyarli barcha kundalik ishlarini bajaradi. Ammo kitob oʻqiyotganingizda kimdir sizdan u nima haqida ekanini yoki syujetini aytib berishingizni soʻrashini tasavvur qiling.

Albatta, buni bajarishni odatiy deb atab boʻlmaydi. Ammo vaziyatni diqqat bilan oʻrganib chiqsangiz, bunda odat kabi narsa borligini koʻrasiz. Masalan, odatiy holatda siz muayyan elementlarni tegishli tartibda qanday joylashtirishni oʻrganasiz. Kitob syujeti yoki uning mazmunini soʻzlab berganingizda ham xuddi shunday qilasiz. Ayrim psixologlarning fikriga koʻra, har qanday taʼlim (bu ham xotirani anglatadi) oddiy odatlarning keng kombinatsiyalaridan tashkil topadi. Ammo bu taʼlim va xotirlash jarayonida siz shunchaki mexanik takrorlash yoki baʼzi elementlarni oʻrganish orqali odatlarni shakllantirasiz degani emas.

Vaziyatga ijobiy taʼsir qilib, yaxshiroq oʻrganish va eslab qolishga imkon beradigan boshqa omillar ham mavjud. Ulardan biri — oʻrganish istagi, yaʼni motivatsiya yoki xohish. Yana bir muhim omil bu — odam nimani o’rganayotganini tushunishi. Masalan, sheʼrni tushunsangiz, uni tezda yodlab olasiz (yoki eslaysiz) va uzoqroq vaqtga eslab qolasiz. Bundan tashqari, yangi gʻoyalarni xotirangizda ilgari saqlanib qolgan narsalar bilan bogʻlash oʻrganishga juda yaxshi yordam berishi mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!