20.02.2024
Koʻrik uchun shifokorga borganingizda, u sizdan bir oyoqni ikkinchisining ustiga qoʻyishni soʻrab, keyin rezina bolgʻacha bilan tizzangizga urganini eslaysizmi? Bu bilan shifokor reflekslar mavjudligini tekshirgan. Bu tizza refleksi deb ataluvchi maxsus refleksning namoyon boʻlishidir, chunki bolgʻacha tizza nerviga uriladi.
Bolgʻacha nervga urilganda nima roʻy beradi? Qoʻzgʻalish nerv uchidan orqa miyaga uzatiladi. U yerda bu signal harakatlantiruvchi nervlar orqali darhol oyoq mushaklariga uzatiladi. Oyogʻingiz sizni himoya qilish uchun kimnidir tepayotgandek siltanadi. Bunday harakat reflektiv yoki gʻayriixtiyoriy, yaʼni avtomatik tarzda sodir boʻladi. Biz uni nazorat qila olmaymiz. Bu harakat ongga boʻysunmaydi. Masalan, toʻshakka yotib koʻzni yumganingizda, bu sizning xohishingiz bilan sodir boʻladi. Ammo koʻzingizga chang zarrasi tushsa, unda xohishingizdan qat’iy nazar darhol uni yumasiz. Bu avtomatik harakat refleksidir. Refleksni bizning taʼsirimizsiz organizmning tashqi qoʻzgʻatuvchilariga boʻlgan qarshi javob reaksiyasi sifatida tavsiflashimiz mumkin. Bu qanday sodir boʻladi?
Orqa miya — reflekslarni uzatish nuqtasi. Terida joylashgan asab tugunlaridagi qoʻzgʻalish orqa miya orqali oʻtib, harakatlantiruvchi nervlarga uzatiladi. Bu qoʻzgʻalish esa harakatlantiruvchi nervlar orqali maʼlum mushaklarga yetib boradi va ularni harakatga keltiradi. Nerv impulslari miyani chetlab oʻtolmaydi. Insonning nerv tizimi tomonidan boshqariladigan barcha harakatlarning 90 foizdan ortigʻi reflekslardir.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.