Moxov nima?

Biz moxov deb ataydigan kasallik qadim zamonlardan beri odamlarni dahshatga solib kelgan. Moxov bilan kasallangan odam boshqa odamlardan alohida yashashga majbur boʻlgani uchun ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan azob chekkan. Butun hayoti davomida hech kim uning yonida boʻlishni xohlamagan. Hozirgi vaqtda moxov haqida ancha narsa bilamiz va uni turli usullar bilan davolash imkoniyatiga egamiz.

Moxov bu — toʻgʻridan toʻgʻri yoki uchinchi shaxslar orqali yuqadigan infeksion kasallik. U teri yoki nerv tizimiga, baʼzida ikkalasiga ham taʼsir qiladi. Infeksiyani keltirib chiqaradigan bakteriya Norvegiyada Xansen ismli shifokor tomonidan aniqlangan. Shuning uchun moxov Xansen kasalligi sifatida ham tanilgan. Kasallik yuzlab yillar davomida maʼlum ekaniga qaramay, moxov mikroblari kam tarqalgan.

Biz infeksiya qanday paydo boʻlishini bilmaymiz. Ammo mikroblar asosan teriga kirib, unga ziyon yetkazadi. Agar organizmning yuqumli kasalliklarga qarshilik koʻrsata olishi yuqori boʻlsa, tugunlar qalinlashuvi va oʻsmalar asta-sekin hosil boʻladi. Tugunli qalinlashuvlar koʻpincha terining peshona, burun, koʻz va lab sohasida paydo boʻladi. Bu odamning tashqi koʻrinishini buzadi. Infeksiya nervlarga ziyon yetkazganda, odam hech narsani his qilmay qoʻyadi. Shuning uchun moxov oʻziga juda oson zarar yetkazishi, biror joyi kuygani yoki kesilganini sezmasligi mumkin. Mushaklar umuman yaroqsiz boʻlib qolgani tufayli qoʻl va oyoq panja yoki changallarga oʻxshab qolishi mumkin. Qoʻl va oyoq suyaklari chirishi holatlari ham boʻlishi mumkin.

Moxov butun dunyoda, ammo tropik kengliklarda, Shimoliy Afrika, Xitoy va Hindistonda koʻproq tarqalgan. Ajablanarlisi shundaki, moxov AQShda ham, ayniqsa mamlakat janubida paydo boʻlishi mumkin. Ilgarigi fikrdan farqli oʻlaroq, hozir shifokorlar moxovni unchalik yuqumli emas deb hisoblamoqda. Yakkalanish oʻrniga koʻp odamlar bu kasallikdan oʻz uyida davolanmoqda. Ayrim antibiotiklar kasallikning rivojlanishiga toʻsqinlik qilishi mumkin. Davolash kursini tugatgandan soʻng toʻliq tuzalib ketgan odamlar ham bor.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!