20.02.2024
Insonning oddiy sogʻlom suyaklari kuchi hayratlanarlidir. Suyaklar emandan ikki baravar mustahkam degan ibora bor va bu haqiqatga yaqin. Suyaklar mustahkam boʻlishi kerak, chunki ular tanamiz tayanchi boʻlgan karkas yoki skeletni hosil qiladi. Turli xil shakl va oʻlchamdagi suyaklar oʻzi tegishli boʻlgan hayvon turiga mosdir. Baliq va kichik qushlarning suyaklari mayda boʻladi. Fillarning suyagi esa bir necha yuz kilogrammni tashkil qiladi.
Barcha suyaklar bir xil tarkibiy qismlardan iborat. Suyak 2/3 qismi noorganik yoki mineral modda, asosan kalsiy fosfatdan tashkil topgan, kulrang-oqish oʻzakdan iborat. Kalsiy fosfat suyaklarni mustahkam qiladi, ammo uning meʼyordan ortiqcha boʻlishi suyaklarni moʻrt qiladi.
Uchinchi komponent — organik modda. U suyaklarga egiluvchanlik berib, sinishlarga qarshilikni oshiradi. Suyaklarning ayrim turlarida suyak iligi deb ataladigan yogʻli modda mavjud. Bu oziqlantiruvchi ahamiyatga ega boʻlgan organik moddadir. Suyaklarda oz miqdorda suv ham boʻlib, u tananing qarishi bilan quriy boshlaydi. Suyaklardagi suv qurishi natijasida minerallar miqdori oshadi, suyaklar moʻrtlashadi, bitishi va tuzalishi sekinlashadi.
Masalan, qoʻl suyagi singanida, u harakatsiz boʻlishi uchun sinish joyi yaxshilab mahkamlanishi kerak. Aks holda, bu qoʻldan keyinchalik foydalanib boʻlmaydi.
Osteoblastlar deb ataladigan mayda hujayralar suyakning bitishiga yordam beradi. Ular suyaklarni yana qattiq va mustahkam qiladigan ohak ishlab chiqaradi. Bu hujayralar suyak oʻsishiga ham yordam beradi. Boshqa hujayralar osteoklastlar deb ataladi. Eski toʻqimalarni yoʻq qilish orqali ular ham suyak oʻsishiga yordam beradi. Ushbu ikki tomonlama yaratish va yoʻq qilish jarayoni suyaklarda doimiy ravishda sodir boʻladi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.