20.02.2024
Agar siz pollinozdan aziyat chekmagan bo‘lsangiz, baʼzi odamlarning xatti-harakati siz uchun g‘alati boʻlib tuyilishi mumkin. Ular bilan bir xil sharoitda, yonma-yon yashaysiz, bir havodan nafas olasiz, lekin siz o‘zingizni yaxshi his qilgan vaqtda kimdir doim aksiradi va juda azob chekadi.
Pollinoz — allergiyaning bir shakli. U eshakyem, astma va oqsilga (protein) sezgirlik bilan bogʻliq baʼzi teri kasalliklarini oʻz ichiga olgan xastaliklar guruhiga mansub.
Bu nimani anglatadi? Protein nafaqat oziq-ovqatda, balki oʻsimlik gulchangida ham mavjud. Yilning maʼlum vaqtida, masalan, shuvoq kabi koʻplab oʻt turlari gullaganda, havoda koʻp miqdorda gulchang boʻladi. U odamning ogʻzi, burni va koʻziga tushadi. Agar uning proteinga sezgirligi boʻlmasa, unda hech narsa sodir boʻlmaydi. Ammo buning aksi boʻlsa, gulchang ayrim mushaklar va toʻqimalarga taʼsir qilib, juda yoqimsiz reaksiyaga sabab boʻladi.
Pollinoz xurujlarining barcha sabablari maʼlum. Ba’zi bemorlarga immunitetni oshiradigan gulchang yoki oqsil preparatlarini yuborish yordam beradi. Boshqalar esa shunchaki mamlakatning bu zararli gulchang boʻlmagan qismida yashashni afzal koʻradi.
Umuman, pollinoz odamni ancha sarosimaga solib qoʻyadigan, baʼzan uzoq yillar davom etadigan xastalikdir. U qanchalik oʻz vaqtida aniqlanib davolansa, shunchalik qisqa vaqt ichida undan butunlay xalos boʻlish mumkin.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.