Og‘riq nima?
Og'riq haqida ma'lumot, Og'riq nima?
2 min
Bu nima?

Hecham ogʻriqni his qilmaslikni xohlaysizmi? Aslida, biz bunday imkoniyatga ega ekanligimiz uchun minnatdor boʻlishimiz kerak. Ogʻriq bu — bizning himoya vositamiz. Agar tish ogʻrigʻini his qilmaganimizda ularni oʻz vaqtida davolash harakatini qilmas edik. Issiq narsaga teginganda ogʻriqni sezmaslik oqibatida oʻzimizga juda jiddiy zarar yetkazishimiz mumkin edi.

Odam ogʻriqni his qilmaydigan kasallik borligi haqida bilasizmi? Bunday odamlar koʻpincha oʻzlariga kuyish, sanchilish, yaralanish kabi shikast yetkazishadi, chunki ogʻriq ularni ehtiyot boʻlish kerakligi haqida ogohlantirmaydi.

Juda gʻalati, ammo ilm-fan hali ham ogʻriqning kelib chiqishini toʻliq tushuntirib bera olmaydi. Uning paydo boʻlishi terining erkin nerv tolalariga zarar yetkazilishi natijasida sodir boʻladi, deb taxmin qilinadi. Zaif taʼsir ogʻriq keltirmaydi. Boshqacha qilib aytganda, bu asab tolalari nimanidir sezadi, ammo ogʻriq faqat kuchli energiya taʼsiridan kelib chiqadi. Juda issiq narsalarda molekulalar juda katta tezlikda harakatlanadi va shuning uchun ham ularga tekkan paytimizda biz ogʻriqni his qilamiz.

Tanada maxsus ogʻriq retseptorlari mavjud emas, ammo taʼsirni sezadigan maxsus nervlar mavjud. Ular orqa miya orqali boshga boradi.

Taʼsir qilinganda ogʻriq hissi paydo boʻladigan teridagi hududlar ogʻriq nuqtalari deb ataladi. Ular tana boʻylab notekis taqsimlangan va baʼzi joylarda umuman yoʻq. Ammo oʻrtacha tananing har bir qismida “o” harfi kattaligidagi joyida bitta ogʻriq nuqtasi mavjud. Shunday qilib, terida ogʻriq sezishi mumkin boʻlgan taxminan 3 million nuqta mavjud.

Ogʻriq turlicha boʻlishi mumkin — kuyish, kesilish, tishlanishdan va hokazo. 

Mabodo kelajakda jimjilogʻingizni devor chetiga urib olib, ogʻriq his qilsangiz, ushbu maʼlumotlarni eslang.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!