Qon guruhini qanday aniqlash mumkin?
Qon guruhini qanday aniqlash mumkin? Nega qon guruhini aniqlash kerak?
2 min
Inson organizmi

Odamlarning qoni bir xil emasligiga ishonish qiyin va uzoq vaqt davomida fan buni bilmagan. Qonning guruhlarga koʻra farq qilishidan mutlaqo bexabar holda, bir kishining qonini boshqasiga quyib kelishgan. Ammo maʼlum boʻlishicha, bunday holatlarning taxminan yarmida sogʻayish oʻrniga bemorning ahvoli yomonlashgan va koʻpchilik hollarda u vafot etgan.

Shunday qilib, tadqiqotlar boshlangan va natijada turli xil qon guruhlari mavjudligi aniqlangan. Maʼlum boʻlishicha, bir turdagi qonning bir tomchisi boshqa guruhdagi qon yoki zardobga (ruschadan “сыворотка”) tushganda, qon hujayralari toʻplana boshlar ekan. Ushbu hodisa “agglutinatsiya” yoki “bir joyga toʻplanish” deb ataladi.

Agglutinatsiyadan keyin odatda qon hujayralari parchalana boshlaydi — shuning uchun qon guruhini aniqlash juda muhimdir. Agglutinatsiya testlari yordamida inson qonini toʻrt guruh – I, II, III, IV ga boʻlishgan.

I guruh qon hujayralari boshqa guruhlarning hech birining zardobi bilan yopishmaydi. IV qon guruhi esa aksincha, har qanday odamga quyilishi mumkin. Qon guruhi I boʻlgan odamlar “universal donorlar” hisoblanadi. IV guruh zardobi boshqa hujayralar bilan yopishmaydi, shuning uchun bu qon guruhiga ega odamlarga boshqa istalgan guruh qonini quyish mumkin.

Har bir inson muayyan bir qon guruhini meros qilib oladi va u hech qachon oʻzgarmaydi. Qon guruhlariga oid qiziq bir fakt aniqlangan: ularning butun dunyo boʻylab tarqalishida maʼlum bir qonuniyat mavjud! Agar gʻarbdan sharq tomonga qarab yursangiz, II qon guruhiga ega boʻlgan odamlarning foizi kamayib, III guruh esa koʻpayib boradi. Angliyada II qon guruh egalarning 43 foizi, Rossiyada 30 foizi, Hindistonda esa atigi 15 foizi yashaydi. III guruh boʻyicha esa buning aksi. Maʼlumot oʻrnida, sizning qon guruhingiz bilan sogʻlom yoki kasal ekanligingiz oʻrtasida hech qanday bogʻliqlik mavjud emas.

Siz qaysi qon guruhiga ega ekanligingizni bilasizmi? Bilmasangiz, ota-onangiz yoki oilaviy shifokoringizdan bilib olishingiz mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!