20.02.2024
Sepkillar nima va ular qanday paydo boʻlishini tushunish uchun, avvalambor, teriga rang beradigan narsa nima ekanligini aniqlashtirib olishimiz kerak.
Teri rangini shakllantirishdagi eng muhim pigment — melanindir. Aytishimiz mumkinki, turli irqlarning teri ranglaridagi farq butunlay melanin miqdoriga bogʻliq.
Qolaversa hayotning quyi shakllarida aynan melanin baʼzi baliq va kaltakesaklarga ranglarini oʻzgartirishga imkon beradi. Rangni boshqarishdan tashqari uning inson uchun eng muhim yana bir vazifasi — bizni haddan tashqari kuchli nurlanishning zararli taʼsiridan himoya qilish.
Melanin terimizning ingichka tashqi qismi boʻlgan epidermisning pastki qatlami boʻylab tarqalgan maxsus hujayralar tarmogʻi tomonidan ishlab chiqariladi. Ushbu hujayralar “melanotsitlar” deb ataladi. Ana endi biz savolga qaytamiz: sepkillar nima? Shunday qilib, sepkillar shunchaki melanotsitlarning dogʻlar shaklida toʻplanishi. Shuning uchun ham sepkillar melanin pigmentining rangi boʻlgan jigarrangga ega. Nega baʼzi odamlarda sepkil bor-u, boshqalarida esa yoʻq? Buning sababi irsiyatdir. Bizning ota-onamiz biz uchun sepkillar boʻlish-boʻlmasligini hal qilishadi.
Sepkillarning rangi (aslida ulardagi melaninning rangi) Quyosh va issiqlik taʼsiriga qarab och rangdan toʻq jigarranggacha oʻzgarishi mumkin. Quyosh nurlari nafaqat sepkillar rangini toʻqlashtirishi, balki yangi melanin ishlab chiqarishiga ham turtki berishi mumkin.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.