Kalsiy nima?
Kalsiyning katta qismi suyaklarda to'plangan. Qaysi mahsulotlar kalsiyga boy? Odam qariganida suyaklardagi kalsiy miqdori o'zgaradi.
2 min
Bu nima?

Inson tanasining oʻrtacha uch foizini kalsiy tashkil qiladi. Uning katta qismi suyaklarda toʻplangan. Kalsiy suyak tuzilmasining ajralmas qismidir. Aslida suyak tuzilmasini temir-beton bilan taqqoslashimiz mumkin. Suyaklarda temir-betonning bir qismi boʻlgan, egiluvchan metall simga oʻxshash kollagen tolalari mavjud. Kalsiy bu suyak tolalari biriktiriladigan asosdir. Odam qariganida suyaklardagi kalsiy miqdori oʻzgaradi.

Hayotining birinchi yilida suyaklarida kalsiy kam boʻlgani sababli bolalar tanasi juda egiluvchan boʻladi. Qaltis holatlarda ham ularning suyagi joyidan chiqishi mumkin, ammo sinmaydi. 80 yoshga kelib, odamning suyagi 80 foiz kalsiydan iborat boʻlishi va osongina sinishi mumkin. Shubhasiz, yosh bolalar koʻproq sut ichishi kerak, chunki u kalsiyga boy ideal mahsulotdir. Bolaning tanasi suyaklar sabab kalsiyga muhtoj. Sigir sutining bir kvartasida (12,7 kg) taxminan 2 g kalsiy mavjud. Pishloq va qaymoqni isteʼmol qilish ham tanadagi kalsiy miqdorini oshiradi.

Kalsiy tanqisligi mavjud joylarda odamlarda tish kasalliklari va suyak sinishi koʻproq kuzatiladi. Qattiq suvni yumshatish maqsadida undan kalsiyni ajratib olish kalsiy yetishmovchiligining asosiy sababi boʻladi. Qattiq suv sovunning koʻpiklanishiga toʻsqinlik qiladi. Qattiq suvdagi kalsiy sovun tarkibidagi kislota va tuzlar bilan oʻzaro taʼsir qilib, yomon eriydigan tarkibni hosil qiladi.

Qattiq suvdan kalsiyni ajratish amaliyoti suvda ovqat pishirishga ham salbiy taʼsir qiladi. Agar suvda kalsiy miqdori kam boʻlsa, ovqat pishirish paytida undagi kalsiyning bir qismi yoʻqoladi. Agar ovqat qattiq suvda tayyorlansa, tabiiyki, unda kalsiy koʻproq boʻladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!