Odamning tishi hayvonnikiga o‘xshaydimi?

Qazish ishlarini olib borayotgan olim qadimgi davrga oid toshqotgan qoldiqlar yoki hayotning boshqa nishonalari orasida birorta tishni uchratib qolsa, u juda xursand boʻladi. Tish ushbu joyda qanday tirik mavjudot yashaganligini aniqlashga imkon beradi. Masalan, yirtqich hayvonlarning tishi yeyilgan, kemiruvchilarniki oʻtmaslashgan, qoramollarniki uvalangan boʻladi.

Har bir hayvon — xoh u ot, sigir, sichqon yoki it boʻlsin — oʻzining turmush tarzi va ovqatlanishiga moslashgan tishiga ega boʻladi. Masalan, qunduzlarning tishi juda oʻtkir. Mushuk va itlardagi qoziqtish mustahkam va oʻtkir boʻlib, oʻljani oson ushlab, gʻajishga yordam beradi. Ularning baquvvat tishi xomgoʻsht va suyaklarni tilkalab, maydalash imkonini beradi. Olmaxonning tishi yongʻoqning qattiq qobigʻini osongina chaqadi. Shuningdek, tishi baliqlarga ham oziqlanish uchun yordam beradi.

Baʼzi akulalar baliqlarni yeyishi uchun oʻtkir tishga ega. Boshqa akulalarning esa ustritsa, krab va boshqa shunga oʻxshash hayvonlarning zirhini maydalashi uchun toʻmtoq tishi bor. Oʻljasi sirpanib, chiqib ketmasligi uchun ilonning tishi burchak ostida, ichkariga yoʻnalgan. Maʼlumki, odamda har xil tishlar yonma-yon joylashgan. Olimlarning fikriga koʻra, inson tishining tuzilishi uning organizmi oʻsimlik va hayvonlardan tayyorlangan ovqatlarga moslashganligini tasdiqlaydi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!