So‘lak nima?
So'lakning asosiy vazifasi chaynalgan ovqatni namlashdir. Insonda so'lak bezlari nechta? So'lak bezlarining ishi miya tomonidan boshqariladi.
2 min
Bu nima?

Limon isteʼmol qilmoqchi boʻlayotganingizni tasavvur qiling. Uning qanchalik nordon ekani haqida oʻylab koʻring. Soʻlak ajrala boshlaganini his qilyapsizmi? Bu soʻlak bezlarining oʻziga xos xususiyatlaridan biridir. Ular mexanik tarzda ishga tushmaydi, balki miya tomonidan boshqariladi. Uch juft soʻlak bezlari mavjud. Ulardan biri quloq yaqinida, biri tilostida, biri pastki jagʻostida joylashgan. Soʻlak bezlari soʻlak miqdori va sifatini avtomatik ravishda, bevosita tartibga solish vazifasini bajaradi. Hayvonlarda soʻlak oz miqdorda boʻladi, chunki ular xom ozuqa bilan oziqlanadi.

Baliqlar soʻlak bezlariga ega emas, lekin don bilan oziqlanadigan qushlarda ular yaxshi rivojlangan. Sigir ozuqani chaynaganida uning soʻlak bezlari taxminan 50 litr soʻlak ishlab chiqaradi. U quruq pichan bilan oziqlanganida esa ishlab chiqariladigan soʻlak miqdori 190 litrgacha ortadi.  Umr boʻyi inson soʻlak bezlari ishlab chiqarishi mumkin boʻlgan eng koʻp soʻlak miqdori 23 600 litrni tashkil qiladi. Soʻlak bezlarining har biri oʻziga xos vazifani bajaradi.

Eng kattasi boʻlgan quloq yoni bezi soʻlakning sersuvligini taʼminlaydi. Soʻlakning asosiy vazifasi chaynalgan ovqatni namlashdir. Jagʻosti bezi ovqatni “sirgʻanchiq” qiladigan turli xil soʻlaklarni ishlab chiqaradi. Qaysi soʻlak bezlari koʻproq soʻlak ishlab chiqarishi isteʼmol qilayotgan ovqatimizga bogʻliq. Agar namlanishi kerak boʻlmagan suvli olmani tatib koʻrsak, jagʻosti bezi ishlaydi. Ammo quruq pechenye isteʼmol qilsak, quloq yonidagi bez ishga tushib, koʻp miqdorda suyuq soʻlakni hosil qiladi. Inson soʻlagida amilaza fermenti mavjud. Amilaza kraxmal molekulalarini dekstringa, soʻngra glyukozaga parchalaydi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!