Biz nega ovqatlanamiz?

Ovqatlanmaganimizda omon qolmas edik, oʻsolmasdik, energiyaga ega boʻlmasdik va tanamizning turli qismlari normal ishlay olmas edi. Zamonaviy olimlar tanamiz uchun zarur boʻlgan va sogʻliq uchun foydali boʻlgan ozuqa moddalarini aniqladi. Faqatgina ovqatlanishning oʻzi yetarli emas. Oziq-ovqat biz uchun foydali boʻlishi va uning tarkibidagi moddalar maʼlum maqsadlarga xizmat qilishi kerak.

Protein (oqsil) sut, tuxum, pishloq, goʻsht va baliqda mavjud. U yangi hujayralarni qurish uchun kerak. Oqsilsiz organizm yangi hujayralarni ishlab chiqara olmaydi. Uglevodlar kartoshka, un mahsulotlari, guruch va shirinliklar kabi kraxmal yoki glyukozaga boy oziq-ovqatlarda mavjud. Ular biz uchun juda muhim, chunki ularning yordami bilan organizm issiqlikni saqlaydi va energiya oladi.

Eng qimmatli oziq-ovqat mahsulotlari sifatida ayrim yogʻlarni ajratib koʻrsatish mumkin. Aynan yogʻlar biz uchun eng katta energiya manbaidir. Ammo tana nafaqat protein, uglevod va yogʻlarga, balki mineral moddalar ham muhtoj. Bunday zarur minerallarning 18 turi mavjud. Maʼlumki, ularning baʼzilari, masalan, kalsiy va fosfor suyak, tishlarning mustahkam, sogʻlom boʻlishi uchun zarurdir.

Temir hujayralar faoliyatiga yordam beradi. Mis hujayralarning oʻsishi va gemoglobin hosil boʻlishini taʼminlaydi. Shuningdek, organizmga yod ham kerak. Demak, organizmning oʻsishi va normal faoliyat yuritishi uchun oqsil, uglevod, yogʻ va mineral moddalar kerak. Hammasi shumi? Albatta, yoʻq! Olimlar tomonidan tanamizning ayrim jarayonlari uchun vitaminlar ham zarurligi aniqlandi.

Vitaminlar moddalar almashinuvi va tirik organizmlarning faoliyati uchun juda zarurdir. Har bir vitamin tanaga oʻziga xos tarzda taʼsir qiladi va ularning har biri tengsiz hisoblanadi. Vitaminlar majmui oʻsishni ragʻbatlantiradi hamda odamning tetikligi va salomatligini saqlaydi. Aytgancha, suvni ham ozuqa deb hisoblash mumkin, u insonga har doim zarurdir. Yuqorida aytilganlarning barchasidan xulosa qilishimiz mumkinki, ovqatlanish nafaqat ochlik va ishtahani qondirish vositasi, balki yaxshi, puxta rejalashtirilgan taomnoma sogʻliq uchun juda muhimdir!

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!