Ochlik hissi bizga qanday ta’sir qiladi?

Ochlik hissi miyadan tanaga signaldir. Signal qonda ozuqa moddalarning tanqisligi sezilganda beriladi. Keling, bu qanday sodir boʻlishini koʻrib chiqaylik. Tanamizda doimiy metabolik muvozanat saqlanishi kerak, yaʼni moddalar almashinuvi sodir boʻlishi kerak. Bu ovqat isteʼmol qilishimiz va uni qayta ishlashimiz ustidan maʼlum bir muvozanat, nazorat boʻlishi kerakligini anglatadi.

Tana vaznini uchta narsa — tashnalik, ochlik va ishtaha tartibga soladi. Miyada ochlik markazi mavjud. Uning taʼsiri oshqozon va ichak ishini toʻxtatadi. Qonda yetarli miqdorda ozuqa moddalari boʻlsa, ochlik markazi oshqozon va ichak faoliyatini toʻxtatadi. Agar ular yetishmayotgan boʻlsa, oshqozon va ichak faollashadi. Shuning uchun ham och boʻlganingizda oshqozoningizning gʻuldirashini eshitishingiz mumkin. Ammo ochlik oʻz-oʻzidan boʻsh oshqozonni hech narsa qila olmaydi. Masalan, agar odamning qorni och, lekin oʻzi hayajonda boʻlganda, u ochlikni his qilmaydi. Bunday holda inson tanasi ichki zaxiralaridagi oqsil va ozuqa moddalarni sarf qiladi. Paydo boʻlgan ochlik hissi tanaga turli xil oziq moddalar kerakligini anglatadi. Haqiqatan och odam har qanday ovqatni yeyishga tayyor boʻladi. Ishtahangiz oziq-ovqat tanlovining iloji boricha tana ehtiyojlariga mos kelishi gʻamini yeydi.

Masalan, tushlik paytida kishi bir kosa shoʻrva, ortidan goʻsht va sabzavotlarni isteʼmol qilishi mumkin. Bundan tashqari, u shirinlik yeb, qahva ham ichishi mumkin. Ammo nuqul kartoshkadan iborat shuncha miqdordagi ovqatni isteʼmol qilishga juda qiynaladi. Tirik mavjudot oziq-ovqatsiz qancha vaqt qanoatlanishi moddalar almashinuviga bogʻliq. Issiqqon hayvonlarda moddalar almashinuvi faolroq, shuning uchun ham ularning ozuqa moddalari tezroq sarflanadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!