Ovqat ta’mini qanday sezamiz?

Taʼm sezgisi turli xil eruvchan moddalar taʼm retseptorlariga taʼsir qilganida paydo boʻladi. Agar moddaning atomlari yetarlicha erkin harakatlana olmasa, biz uning taʼmini sezmaymiz. Shuning uchun ham biz faqat eruvchan moddalarning taʼmini bilishimiz mumkin. Suvda yashovchi hayvonlarning taʼm retseptorlari tana yuzasida joylashgan. Masalan, baliq taʼmni dumidagi suzgichlari bilan sezadi.

Yer yuzida yashovchi hayvonlarning taʼm retseptorlari asosan ogʻizda toʻplangan, odamniki esa faqat tilida boʻladi. Koʻzguga qarab, tilingiz mayda soʻrgʻichlar bilan qoplanganini koʻrishingiz mumkin. Taʼm retseptorlari bu soʻrgʻichlarning devorlarida joylashgan. Hayvonlardagi taʼm retseptorlar soni ularning individual xususiyatlarga bogʻliq. Masalan, kit butun baliq galasini chaynamasdan yutib yuboradi, chunki unda taʼm retseptorlari juda kam yoki umuman yoʻq. Choʻchqada — 5500 ta, sigirda — 35 000 ta, antilopada esa 50 000 ta taʼm retseptori bor. Odamda ular unchalik koʻp emas — atigi 3000 ta.

Inson tilida taʼm retseptorlari turlicha taqsimlangan. Har bir hudud maʼlum bir taʼmni sezadi. Tilning orqa qismi koʻproq achchiqqa moyil. Yon tomonlari nordon va shoʻrga, tilning uchi esa shirin taʼmga sezgir. Tilning markazida taʼm retseptorlari yoʻq. Bu joy bilan taʼm umuman sezilmaydi va bu jarayonda hid bilish muhim ahamiyatga ega. Ovqat mazali yoki bemaza ekanini asosan hid bilish retsepteri aniqlaydi. Shuning uchun ham qahva, choy, olma, apelsin va limon kabi mahsulotlarning bizga mazali boʻlib tuyulishi ajablanarli emas.

Misol uchun, qahva ichganimizda avval issiqlikni, keyin achchiqlikni va oxir-oqibat shirinlikni (agar shakar qoʻshilgan boʻlsa) his qilamiz. Aytishimiz mumkinki, qahva faqat uning hidi hiqildoq va burun orqali oʻtib, miyamizga signal berganidagina juda mazali tuyuladi. Agar burunni yopsak, unda nafaqat qahvaning taʼmini, balki isteʼmol qilinayotgan yoki ichilayotgan ikkita mutlaqo har xil mahsulot oʻrtasidagi farqni ham aniqlay olmaymiz.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!