Nega quyosh nuri sog‘liq uchun foydali?

Har bir inson instinktiv ravishda yorugʻlikning ostida yashash yaxshiroq ekanligini his qiladi. Bu ilmiy asoslanganligini bilasizmi? Keling, quyosh nurida toblanganimizda tanada nimalar sodir boʻlishini koʻrib chiqaylik. Quyosh nuri teriga oʻrnashgan baʼzi zamburugʻ va bakteriyalarni yoʻq qiladi. Tibbiyot quyosh nurlarining ushbu xususiyatlaridan foydalana boshladi.

Yana bir tibbiy jihat shundaki, quyosh nuri taʼsirida oqqon hujayralari (fagotsitlar) faollashadi. Bu hujayralar kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. Teriga yorugʻlik tushganda, qonda mushaklarga hayotiy aktivlik beradigan moddalar paydo boʻladi. Mushaklarda yuklama hosil boʻlib, ular yaxshiroq ishlay boshlaydi. Quyosh energiyasidan asab tizimimiz quvvatlanadi. Biz tetiklik va harakat qilish istagini his qilamiz.

Toʻp oʻynaganda, gimnastika bilan shugʻullanganda yoki suzganda energiyamiz doimo chiqish yoʻlini topishi mantiqli. Quyosh asab tizimini mustahkamlagani tufayli bizda koʻproq harakat qilish istagi tigʻiladi. Shuningdek, quyosh oʻziga xos effektga ham ega, u “quyosh vitaminlari”ni yaratadi. Ultrabinafsha nur teridagi modda — ergosteronni D vitaminiga aylantiradi va shu sababli uni “quyosh vitamini” deb atashadi. Aytishimiz mumkinki, quyosh nurlari ostida boʻlish har besh daqiqada bir choy qoshiq dori ichishga oʻxshaydi.

Ammo shuni unutmasligimiz kerakki, bu tibbiy jihatdan zararsiz emas. Tibbiy koʻrsatmada talab qilinganidek, quyosh vannalarini qabul qilishda ehtiyot boʻlish kerak. Quyosh vannalari qon bosimini koʻtaradi. Quyoshda uzoq vaqt qolish yuragi va oʻpkasi bezovta qiladigan kishilarga zarar yetkazishi mumkin. Ammo deyarli har bir kishi qisqa vaqt quyosh nurida toblanishi mumkin.

Agar quyoshda toblanishni boshlagan boʻlsangiz, unda quyoshga dastlab tananing 1/5 qismini 5 daqiqaga tutish tavsiya etiladi. Ertasi kuni tananing yana 1/5 qismini quyosh nuriga tutib, quyoshda boʻlish vaqtini yana 5 daqiqaga oshiring va hokazo. Shifokor quyosh nurida foydali va sogʻliq uchun xavf tugʻdirmasdan toblanish boʻyicha yaxshi tavsiyalar berishi mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!