Fermentlar nima?

Aslida har bir hayvon va oʻsimlikning tanasi “kimyoviy zavod”. Agar tanada doimiy ravishda kimyoviy oʻzgarishlar roʻy bermasa, unda hayotning davom etishi imkonsiz. Hujayra, toʻqima va aʼzolarda kimyoviy oʻzgarishlar roʻy bergani uchun oziq-ovqat isteʼmol qilish, nafas olish, harakat qilish mumkin. Kimyoviy hayot jarayoniga bir misol keltiraylik. Aytaylik, bir boʻlak non, boʻtqa yoki kartoshka isteʼmol qildingiz. Bu ovqat tarkibidagi kraxmal glyukozaga aylanib, qonga oʻtadi. U yerda glyukoza siz nafas orqali olgan kislorod bilan yondiriladi va organizm energiya oladi.

Kimyogarlar har qanday organizmda sodir boʻladigan bunday jarayonlar oz miqdordagi protein tufayli mumkinligini aniqladi. Protein tirik hujayralar tomonidan ishlab chiqariladi. Bu hujayralar fermentlar deb ataladi. Fermentlar oʻziga xos vazifani bajaradi. Har bir ferment faqat bitta kimyoviy jarayonning kechishini taʼminlaydi. Yuqorida aytib oʻtilganidek, kimyoviy jarayonlar barcha tirik organizmlarda sodir boʻladi. Bugʻdoy, arpa yoki boshqa don mahsulotlari donalari oʻsishni boshlaganda, ular fermentlarni ishlab chiqaradi. Fermentlar esa don tarkibidagi kraxmalni glyukozaga aylantiradi. Ushbu jarayon unish deb ataladi.

Bu jarayonda ishtirok etadigan ferment diastaza deyiladi. Fermentlar yordamida roʻy beradigan jarayonlar bizga maʼlum boʻlsa-da, ularning tabiati hali aniq emas. Fermentlar har doim uglerod, vodorod, baʼzan kislorod va azotni ham oʻz ichiga olgan kimyoviy birikmalardir. Juda koʻp turli xil fermentlar mavjud, ammo ulardan faqat bir nechtasini oʻsimliklar sharbati va hayvonlardan ajratib olish mumkin. Qizigʻi shundaki, fermentlar faqat tirik hujayralar tomonidan ishlab chiqarilsa-da, ular kimyoviy reaksiyalarni tirik toʻqimalarsiz ham amalga oshirishi mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!