Protoplazma nima?

Protoplazma siri butun hayotning siridir. Biz haligacha protoplazmaga aynan nima hayot bagʻishlashini bilmaymiz. Protoplazma barcha oʻsimlik va hayvonlarning tirik moddasidir. Oʻsimlik va hayvonlar, yaʼni barcha organizmlar hujayralardan iborat.

Hujayralar soni inson tanasida boʻlgani kabi millionlab yoki protozoa — eng oddiy bir hujayrali organizmdagi kabi bitta boʻlishi mumkin. Ammo barcha tirik mavjudotlarning hujayralari tirik modda — protoplazmadan iborat. Har bir hujayradagi protoplazma ikkita asosiy qismdan tashkil topgan: hujayraning qattiqroq markaziy qismi — yadro va yumshoq, suyuqroq qismi — sitoplazma. Har qanday tirik mavjudot oʻziga xos protoplazma turiga ega.

Tanadagi har xil turdagi hujayralar protoplazmaning oʻziga xos shakllariga ega. Protoplazma umumiy hajmining 99 foizi uglerod, vodorod, kislorod, azot va oz miqdordagi boshqa elementlardan iborat. Tirik organizmga tushgan oziq-ovqat avval hazm qilinib, suyuq shaklga keltiriladi. Shundan soʻng hazm qilingan ozuqa protoplazmaning bir qismiga aylanishi mumkin. Bu jarayon assimilyatsiya deb ataladi. U hali toʻliq oʻrganilmagan va uning qanday kechishi aniq maʼlum emas. Maʼlumki, assimilyatsiyaning natijasi, eskirganni tiklash va yangi protoplazmani yaratishdir. Bu jarayonda protoplazma oʻlik moddani tirik material bilan oʻrab oladi va begona moddani oʻziga oʻxshash modda bilan almashtiradi.

Shuningdek, protoplazma oʻsimlik va hayvonlarning barcha energiyasini toʻplaydi va sarflaydi. Protoplazma tashqi muhitdan taʼsirlanadi. Kuchli yorugʻlik yoki issiqlik uni oʻldirishi mumkin. Kimyoviy moddalar protoplazmani oʻziga tortadi yoki itaradi. Agar elektr tokining yoʻnalishi oʻzgartirilsa, u ham protoplazmaga xuddi shunday taʼsir koʻrsatadi. Agar ilm-fan protoplazma faoliyati sirini ochsa, biz hayot sirini chuqurroq bilib olishimiz mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!