20.02.2024
Rentgen nurlari 1895-yil Germaniyada Vilgelm Rentgen tomonidan kashf etilgan va uning nomi berilgan. Rentgen bu nurlarni “X nurlar” deb atagan.
Bu nurlar yorugʻlik nurlari kabi kirib borish xususiyatiga ega, biroq ulardan toʻlqin uzunligi va energiyasi bilan farq qiladi. Rentgen naychasining eng qisqa toʻlqin uzunligi yashil rang toʻlqin uzunligining oʻn besh mingdan millionning bir qismigacha teng. Juda qisqa toʻlqin uzunligi tufayli rentgen nurlari yorugʻlik uchun imkonsiz boʻlgan moddalarga ham kirib bora oladi. To‘lqin uzunligi qanchalik qisqa boʻlsa, bu toʻlqinlarning kirib borish qobiliyati shunchalik yuqori boʻladi.
Rentgen naychasi rentgen nurlarini chiqaradi. Naychadan havoning asl hajmining yuz milliondan bir qismi qolguncha soʻrib olinadi. Shisha naychada ikkita elektrod bor. Biri manfiy zaryadlangan bo‘lib, u “katod” deb nomlanadi. Unda elektr toki bilan qizdirilganda oʻzidan elektronlarni chiqaradigan volfram simli gʻaltak joylashgan. Ikkinchi elektrod esa “nishon” vazifasini bajaruvchi “anod” (elektr yoyining musbat elektrodi) hisoblanadi.
Elektronlar katta tezlikda katoddan nishon tomonga harakatlanadi. Ular nishonni 100 000 dan 325 000 mm/s gacha tezlikda bombardimon qiladi.
Nishon volframdan iborat boʻlib, elektronlarni deyarli bir zumda toʻxtatish imkonini beradi. Elektronlarning deyarli hamma energiyasi issiqlikka, baʼzilari rentgen nurlanishga aylanib, naycha tubidagi tirqishdan rentgen nurlari sifatida chiqadi.
Rentgen nurlari ko‘zga ko‘rinmaydi. Ularni aniqlash uchun maxsus usullar ishlab chiqilgan. Fotografiya, ionlash shular jumlasidandir.
Inson tanasi suyaklarining rentgen suratiga koʻzingiz tushganmi? Rentgen surati bu — soyaning tasviri. Rentgen nurlari tananing tekshiriladigan qismi orqali oʻtadi va oʻrganiladigan obyektning soyasini plyonkaga oʻtkazadi. Plyonkaning har ikki tomoni yorugʻlikka sezgir emulsiya (yorugʻlik sezuvchi qatlam) bilan qoplanadi. Suratga olingandan soʻng unga oddiy fotoplyonkaga kabi qayta ishlov beriladi. Suyak va boshqa nur oʻtkazmaydigan aʼzolar plyonkada qoramtir koʻrinadi.
Hozirgi vaqtda rentgen nurlari tibbiyot, fan va sanoatda keng qoʻllanib, odamlarga katta yordam bermoqda. Qiziq tomoni, suyakdan iborat rasmingizni koʻrish imkoniyatini ham faqatgina rentgen taqdim eta oladi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.