Zilzilalar qayerda sodir bo‘ladi?
Zilzilalar qayerda sodir bo‘ladi?
2 min
Atrofimizdagi olam

Yer sharining zilzilalar tez-tez sodir boʻladigan hududlari xaritasiga qarasak, biz Yer yuzasi boʻylab goh yuqori, goh pastga qaragan keng tasmani koʻramiz. Baʼzi hududlarda zilzilalar umuman boʻlmasa, boshqalarida esa tez-tez roʻy beradi.

Yaponiya — Yer sharining zilzilalar tez-tez sodir boʻladigan mintaqasi. Ular bu yerda deyarli har kuni sodir boʻladi! Albatta, ularning aksariyati kuchsiz va hech qanday zarar yetkazmaydi. Shunga oʻxshash yana bir hudud — Oʻrta dengiz mintaqasi. AQShning Yangi Angliya hududi esa aksincha. Bu yerda halokatli zilzilalar muzlik davridan beri ming yillar davomida sodir boʻlmagan.

Bu Yer qobigʻi hamma joyda bir xil emasligini bildiradi. Baʼzi joylarda qobiq yetarlicha mustahkam emas va unda yoriq mavjud. Yoriq — qobiq tosh jinslarining yorilishi. Yoriq joylarda qobiqdagi jinslar bir-biriga katta kuch bilan qisiladi. Bu energiya toshlar tebranishiga sabab boʻladi.

Bunday tebranish minglab kilometrga tarqaladi. Zilzila, ayniqsa, Yer qobigʻi koʻtarilishi natijasida hosil boʻlgan yoriq chizigʻi boʻylab juda kuchli boʻladi. Yorilish joylari koʻtarilib va tushib, hatto gorizontal yoʻnalishda ham harakatlanadi.

Zilziladan soʻng Yer yuzasida maʼlum oʻzgarishlarni koʻrish mumkin. Tebranish eng kuchli kuzatilgan joy zilzila “epitsentri”¹ deb nomlanadi. Agar unga yaqin joyda shahar joylashgan boʻlsa, jiddiy vayronagarchiliklar boʻlishi mumkin. Qulab tushgan bino va gaz quvurlari yorilishi oqibatida yuzaga kelgan yongʻinlar aholi orasida qurbonlar boʻlishiga olib keladi.

Zilzila va vulqonning tarqalish joylari taxminan bir xil. Bunga sabab ushbu hududlardagi Yer qobigʻi tinch holatda emasligidir.


[1] Epitsentr — Yerning zilzila, portlash va shu kabilar oʻchogʻi, markazidagi ustki qismi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!