Eng chuqur okean qaysi?

Okeanlar asosan biz uchun sir boʻlib qolmoqda. Biz hatto okeanlarning yoshini ham bilmaymiz. Ehtimol, Yerning rivojlanishining dastlabki bosqichlarida okeanlar mavjud boʻlmagan ham boʻlishi mumkin.

Bugungi kunda inson ularni yaxshiroq oʻrganish uchun okean tubini tadqiq qilmoqda. 3600 metr chuqurlikka qadar okeanlarning tubi yumshoq loyqa choʻkindilar bilan qoplangan. Ular mayda dengiz hayvonlarining ohakli skeletlaridan iborat. 6 km dan oshiq chuqurlikda okean tubi “qizil loy” deb ataladigan mayda qizgʻish balchiq bilan qoplangan. Uning tarkibi hayvonlar skeletlarining parchalari, mayda oʻsimliklarning qoldiqlari va vulqon kulidan iborat.

Hozirgi vaqtda okeanlarning chuqurligi tovush toʻlqinlarini uning tubiga joʻnatish va aks etgan signalni qabul qilish orqali oʻlchanadi. Buning uchun tovush toʻlqini tubga yetib borib qaytib kelgan vaqt oʻlchanadi; shundan soʻng bu vaqt qiymati ikkiga boʻlinadi.

Ushbu oʻlchovlarga asoslanib, biz turli okeanlarning oʻrtacha chuqurligini, hamda ularning eng chuqur nuqtalarini juda yaxshi tasavvur qilamiz. Eng chuqur — Tinch okean, uning oʻrtacha chuqurligi 4281 metr (bu rostdan ham juda koʻp). Undan keyin Hind okeani — oʻrtacha chuqurligi 3963 metr, soʻng Atlantika okeani — oʻrtacha chuqurligi 3926 metr. Taqqoslash uchun: Boltiq dengizining oʻrtacha chuqurligi atigi 55 metr!

Bugungi kunda okeanlarning eng chuqur joyi maʼlum, bu Guam orollari mintaqasida — 10 790 metr. Yana bir chuqur joy Atlantika okeanida, Guam orollari yaqinida joylashgan — bu yerda chuqurlik 9219 metrga yetadi. Maydoni jihatidan koʻplab dengizlardan katta boʻlgan Gudzon koʻrfazining¹ oʻrtacha chuqurligi atigi 183 metr.


[1] Koʻrfaz — okean, dengiz yoki koʻlning quruqlik ichkarisiga kirgan qismi; qoʻltiq.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!