Gen nima?

Bola tugʻilishidan avval ota-onasini tekshirish orqali uning koʻplab biologik xususiyatlarini oldindan taxmin qilish mumkin. Irsiyat qonunlarini bilganimiz uchun buning imkoni bor. Masalan, agar ota-onalardan birining koʻzi jigarrang, ikkinchisiniki esa koʻk boʻlsa, bola jigarrang koʻzli boʻladi. Agar ota-onalarning hech birida qorachiq atrofida jigarrang pigment boʻlmasa, chaqaloq koʻk koʻzli boʻlib tugʻilishi ham mumkin. Agar ota-onalardan birining sochi jingalak boʻlsa, unda bola ham jingalak sochli boʻlishi ehtimoli katta. Shunga qaramay, inson irsiyatining qonunlari juda murakkab.

Agar otaning muayyan xususiyatlari onaning xususiyatlaridan farq qilsa, unda bolaga ulardan birining xususiyati oʻtishi mumkin, ikkinchisiniki esa yoʻq.

Ustun boʻlgan alomatlar dominant deb ataladi. Boshqa alomatlar retsessiv deb ataladi. Masalan, jigarrang koʻz dominant alomat, koʻk koʻz esa retsessivdir. Shuning uchun ham bolaning koʻzi jigarrang boʻladi. Nega ota-onalarning xususiyatlari bolada aks etadi? Biologik xususiyatlar tuxumhujayra va sperma hujayralari yadrosida joylashgan. Bu yadrolar genlar deb ataladigan koʻp sonli, taxminan bir necha ming zarrachalardan iborat. Ammo ular yadroda tasodifiy ravishda emas, balki ipga tizilgan munchoqlar kabi chiziqli ketma-ketlikda joylashgan.

Yetilgan tuxumhujayrada 23 ta, yetilgan spermatozoidda ham aynan shuncha gen mavjud. Tuxumhujayra va spermatozoid birlashganda, ular xromosomalar deb ataladigan 23 juft ipni hosil qiladi. Bitta xromosomada joylashgan genlar turli funksiyalarni bajaradi. Bir gen bitta aʼzoni ishlab chiqarishga, ikkinchisi — boshqa aʼzo yoki organizmning biron xususiyati uchun javobgardir. Shunga qaramay, genlar birgalikda butun tananing rivojlanishi uchun ishlaydi. Bitta xromosomadagi genlarda mavjud boʻlgan xususiyatlar birgalikda meros qilib olinadi. Bundan tashqari, xromosomalar baʼzan parchalanib, boshqa xromosomalar bilan qismlarini almashishi mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!