Soch to‘kilishining sababi nimada?

Soch toʻkilishining koʻp sababi bor. Aksariyat hollarda kishi bu jarayonni nazorat qila olmaydi. Soch toʻkilishini bartaraf etishning oddiy davosi yoʻq. Odamlar soch toʻkilishiga sababchi qilib qarish, gʻayrioddiy yuqori intellektual rivojlanish yoki ahmoqlik kabi turli omillarni koʻrsatadi. Ammo soch toʻkilishining haqiqiy sababi shundaki, odam sochini yoʻqotadi.

Asosan strukturaviy soch toʻkilishi keng tarqalgan. Bunda chakka yoki bosh tepasidagi soch tusha boshlaydi. Soch toʻkilishi boshqa joylarda ham kuzatilishi mumkin. Bu soch toʻkilishining eng qiyin shaklidir. Bu irsiy xususiyat boʻlgani tufayli bu muammo bilan hech narsa qilib boʻlmaydi. Strukturaviy soch toʻkilishini meros qilib olish jinsga bogʻliq. Soch toʻkilishi ayollarga qaraganda koʻproq erkaklarda uchraydi. Koʻpincha ayollar soch toʻkilishini nazorat qiluvchi genni tashiydi va bu xususiyatni oʻz farzandlariga oʻtkazadi. Bu turdagi soch toʻkilishi paydo boʻlgan taqdirda, yaxshishi, kishi unga koʻnikishi kerak.

Erkaklarda soch toʻkilishi 25 yoshda yoki undan ham oldinroq boshlanishi mumkin. Bosh terisini toʻgʻri parvarishlamaslik, tozalikka rioya qilmaslik va hokazolar soch toʻkilishining sabablaridan biri boʻladi. Jinsiy gormonlar muvozanatining buzilishi ham erta soch toʻkilishiga olib kelishi mumkin. Agar darhol bosh terisini parvarish qilish boshlansa, bu turdagi soch toʻkilishini sekinlashtirishning imkoni mavjud.

Baʼzan soch toʻkilishi kasallik yoki boshqa holatlarning alomati ham boʻladi. Sogʻliq tiklangach, soch yana oʻsishi mumkin. Toʻsatdan soch toʻkilishi terlama, qizilcha, nafas yoʻllarining ogʻir yalligʻlanishi yoki boshqa jiddiy kasalliklar natijasida yuzaga kelishi mumkin. Doimiy soch toʻkilishi yoki siyraklashishi, shuningdek, toʻyib ovqatlanmaslik yoki bezlarning, ayniqsa, gipofiz va qalqonsimon bezlarning ishi buzilishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Albatta, soch toʻkilishi bosh terisi faoliyatining buzilishi, uning shikastlanishi yoki kasallanishi tufayli ham kuzatiladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!