Soch qanchalik tez o‘sadi?
Kunduzi soch o'sishi tezlashadi. Sochlar qanday o'sadi? Erkaklarning sochi sekin o'sadi.
< 1 min
Inson organizmi

Soch toʻkilishiga moyil boʻlgan erkaklarda soch yetarlicha tez oʻsmaydi. Aftidan, oʻgʻil bolalarning sochi juda tez oʻsadiganga oʻxshaydi. Aslida, sochning oʻsish tezligi oʻlchangan va oyiga taxminan 12 mm ni tashkil qiladi. Sochlar har kuni maʼlum bir meʼyorda oʻsmaydi, lekin baribir maʼlum bir ritmga amal qiladi. Kechasi soch sekin oʻsadi. Kunduzi esa oʻsish tezlashadi, ya’ni soat 10 dan 11 gacha eng yuqori tezlikda oʻsadi. Keyin yana pasayish kuzatiladi.

Oʻsishning eng yuqori choʻqqisi soat 14 dan 16 gacha boʻlib, keyin yana sekinlashadi. Ammo bu oʻsish tebranishlari shunchalik kichikki, ularni sezib boʻlmaydi. Koʻzguga qarab, muayyan vaqt oraligʻida sochingiz qancha oʻsganini koʻrishga umid qilmang. Agar tanadagi barcha tuklar boshdagi soch kabi oʻsganida, unda tanada qancha tuk oʻsishini hisoblash mumkin boʻlardi. Ular daqiqada 3 sm oʻsib, yil oxirida ularning uzunligi 59 km boʻlar edi. Sargʻish sochli kishilar qoramagʻizlarga qaraganda quyuqroq sochlarga ega. Malla sochli odamlarning soch soni va pishiqligi nisbatan kamroq boʻladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!