Plastik operatsiya nima?

Koʻpchilik plastik operatsiya odamning burniga shikast yetganida yoki yuzdagi salbiy oʻzgarishlarni toʻgʻrilash uchun qilinishini biladi. Aslida, bu plastik operatsiyalarning ajralmas qismi boʻlgan kosmetik operatsiyalardir. Bugungi kunda plastik operatsiya yordamida tugʻma nuqsonlarni tuzatish, katta miqyosdagi kuyish yoki boshqa jarohatlardan keyin terini koʻchirib oʻtkazish mumkin. Plastik operatsiya Hindistonda ming yillar oldin qoʻllana boshlangan. Jazo sifatida jinoyatchilarning burni kesib tashlangan.

Hindistonda yonoq terisidan foydalangan holda plastik operatsiya bilan burunni qayta tiklash mumkin boʻlgan. Plastik operatsiyalar uchun tana terisidan foydalaniladi. U tananing maʼlum bir qismidan olinishi mumkin. Keraksiz toʻqimalar olib tashlanadi yoki ularga yangi teri biriktiriladi. Operatsiyalarda uchala usul birgalikda ishlatilishi ham mumkin. Teri tananing bir qismidan olinib, boshqasiga koʻchirilganida, yangi joyda yaxshiroq bitishi uchun odatda uning ustki ikki qatlamidan foydalaniladi. Qonning yangi qon tomirlari orqali aylanishi terining tirik qolishiga imkon beradi.

Agar terining qalin qatlami biron bir baxtsiz hodisa yoki kuyishdan keyin bita boshlasa, unda operatsiya muvaffaqiyatli boʻlishi ehtimoli kam. Ammo bu sodir boʻlsa, teri operatsiyadan oldingi holatiga qaraganda ancha yaxshi koʻrinishga ega boʻladi. Plastik operatsiyalar odamlarga yana normal koʻrinishga ega boʻlib, baxtli yashashiga va ishlashiga yordam beradi.

Odamlar koʻpincha tashqi koʻrinishini oʻzgartirish uchun plastik operatsiyalarga murojaat qilmoqda. Ular quloq yoki burun shaklini oʻzgartirishni istashi mumkin. Baʼzi hollarda bunday operatsiyalar yordamida yuzdagi ajinlar olib tashlanadi, boshqacha qilib aytganda, yuz “tortiladi”. Bu kabi oʻzgarishlar vaqtinchalik ekanligini unutmaslik zarur. Biroz vaqt oʻtgach, yosh oʻzi haqida eslata boshlaydi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!