Quturish nima?
Quturish haqida ma'lumot.
2 min
Bu nima?

Quturish odamzodga maʼlum boʻlgan eng qadimgi kasalliklardan biridir. Ilgari kasallik odam yoki hayvonda namoyon boʻlsa, uning oʻlimi muqarrar edi. Bu oʻzi qanday dahshatli kasallik? Quturish bu — miya va orqa miya zararlanadigan kasallik. Shuning uchun ham u hayot uchun juda xavflidir. Infeksiya oddiy mikroskopda koʻrinmaydigan juda kichik mikrobdan kelib chiqadi.

Quturish virusi barcha issiqqon hayvonlarga yuqishi mumkin. Odam uni koʻpincha virus bilan kasallangan it tishlashi orqali yuqtiradi. Shuning uchun ham it tishlagan odam ushbu itni topishga harakat qilib, uning quturishga chalingan yoki yoʻqligini tekshirtirishi kerak. Itning qachon quturganini aytish oson emas, chunki kasallik oʻzini darhol emas, odatda 4—6 haftadan keyin namoyon qiladi. Dastlab, it passivlashadi, isitmasi koʻtarilib, ishtahasi yoʻqoladi. Keyin asabiylashadi. Ogʻzida soʻlagi koʻpiklanadi. It irillab, huradi va odatda tishlaydi. Bu alomatlar paydo boʻlgach, it tuzalmaydi. U 3—5 kun ichida oʻladi. Odamda kasallik itga qaraganda kuchliroq boshlanadi.

Quturgan odam ham dastlab passivlashadi, isitmasi paydo boʻlib, oʻzini juda yomon his qiladi. Koʻp oʻtmay, mushaklari qattiq tortisha boshlaydi. Suv ichishga harakat qilganida esa ogʻiz va tomoq mushaklari spazm kabi qisqaradi. Mushak spazmlari asab tizimidagi oʻzgarishlarning natijasidir. Ammo bu holat quturish natijasida kelib chiqadi deb hisoblangani uchun quturish — gidrofobiya, yaʼni “suvdan qoʻrqish” nomini ham olgan. Bu kasallik toʻgʻrisidagi notoʻgʻri tushuncha.

Quturish natijasidagi oʻlim odatda nafas olish mushaklaridagi spazmlar tufayli sodir boʻladi. Buning oldini olish juda muhim ekanligi aniq. Tishlangan joy yaxshilab tozalanib, tishlangan kundan boshlab uch kun ichida tanaga zardob kiritilishi kerak. Zardob virus paydo boʻlib, miyani zararlashidan oldin unga qarshi harakat qiladi. Zardob tanaga 2—3 hafta davomida, har kuni yuboriladi. Bu virusning tanaga kirishiga toʻsqinlik qiladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!