Virusni ko‘rish mumkinmi?

Virus kasalliklarni keltirib chiqaradigan mikroskopik organizmdir. Uni oddiy mikroskop yordamida aniqlash imkonsiz. Ammo bu fan virusning tuzilishini oʻrganish imkoniyatiga ega emasligini anglatmaydi. Bugungi kunda mikroorganizmlarni koʻrish imkoniyatini beradigan ultramikroskoplar mavjud. Ilm-fan elektron mikroskop yordamida viruslarning kattaligi va turini aniqlashga qodir.

Elektron mikroskop yorugʻlik nuri oʻrniga elektronlarning nurlanishidan foydalanadi. Namuna orqali uchib oʻtayotgan elektronlar kuzatilib, tasvir paydo boʻladigan fotoplastinkada qayd etiladi. Shuning uchun obyektlarni 100 ming barobar kattalashtirish mumkin. Elektron mikroskop yordamida viruslarning oʻlchami 300 dan 10 millimikrongacha ekanini bilib oldik.

Millimikron nima? Bu 1/1000 mikron. Mikron esa 0,00001 millimetrga teng. Viruslar nima ekanini hali hech kim aniq bilmaydi. Ayrim olimlar ularni bakteriyalarning yaqin qarindoshi deb hisoblaydi. Boshqa tadqiqotchilarning taxminlariga koʻra, viruslar genlarga yaqin elementar zarrachalardir. Yana ayrimlar viruslarni tirik va jonsiz materiya oʻrtasida joylashgan deb hisoblaydi.

Biz viruslar faqat tirik toʻqimalarda oʻsishi va koʻpayishi mumkinligini bilamiz. Bu ularni tirik materiyadan tashqarida yetishtirish mumkin emasligini va bu holat ularning oʻsish xususiyatlarini oʻrganishni qiyinlashtirishini anglatadi. Shuning uchun ular tirik hujayralarga taʼsir qilish layoqati va hayvon yoki inson tanasida yuzaga keltiradigan reaksiyasi boʻyicha tasniflanadi. Viruslar zahar (toksin) ishlab chiqaradimi? Hozirgi vaqtda ular toksinlar ishlab chiqarishi tan olingan, ammo toksin va virusning qismlarini ajratib boʻlmaydi. Biz haligacha bu toksinlar qanday qilib kasallik keltirib chiqarishini bilmaymiz.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!