Poliomiyelit nima?
Kasallikning qanday turlari bor?
2 min
Bu nima?

Poliomiyelit koʻplab munozaralarga sabab boʻlgan eng xavfli kasalliklardan biridir. Aslida, poliomiyelit xavfini u keltiradigan zarar bilan oʻlchash mumkin. Poliomiyelit — bolalardagi falajlikning nomi. Kasallik epidemiya sifatida tarqalish xususiyatiga ega, ammo hozirgi vaqtda faqat ayrim holatlar qayd etiladi. Poliomiyelitga har qanday yoshdagi odam moyil, ammo kasallik koʻproq 7 yoshgacha boʻlgan bolalarda uchraydi. Poliomiyelit bilan kasallangan koʻplab odamlarning faqat bir nechtasidagina jiddiy holat kuzatiladi.

Poliomiyelitning eng keng tarqalgan turi 1—2 kunlik yashirin davrga ega. Bosh ogʻrigʻi, isitma, tomoq qichishi, oshqozon buzilishi paydo boʻlsa-da, ammo falajlik kuzatilmaydi. Shifokorda poliomiyelitning jiddiy shaklini tashxislashi uchun imkoniyat mavjud boʻladi. Unga chalingan bemorlarning yarmi toʻliq tiklanadi, 30 foizida oʻrtacha oqibatlar, 14 foizida kuchli falajlik kuzatiladi. 6 foizi esa vafot etishi mumkin. Hayotning dastlabki 20 yilida poliomiyelit yuqtirish ehtimoli — 156 tadan bitta.

Poliomiyelitga uch xil virus sabab boʻladi. Virus shu qadar kichik kasallik tugʻdiruvchi organizmki, u bakteriyalarni ushlab qoladigan filtrlardan oʻtib keta oladi. Virus faqat tirik hujayralarda yashashi mumkin. Organizmga tushgan poliomiyelit virusi nerv, qon orqali orqa miya va miyaga oʻtadi. Virus orqa miyaning kulrang moddasi hujayralarida rivojlanadi. Natijada bu nerv hujayralari shishib, shakli oʻzgaradi. Mazkur halokatli oʻzgarishlardan soʻng nerv tizimining zararlangan hududi tomonidan boshqariladigan mushaklar falaj boʻladi. Agar hujayralar tuzalib ketsa, mushaklar yana harakatlanishi mumkin. Agar virus nerv hujayralarini oʻldirsa, bu hujayralar bilan bogʻlangan mushaklar abadiy falaj boʻlib qoladi.

Poliomiyelitning bir nechta turi mavjud. Bu tananing infeksiyadan zararlangan qismiga bogʻliq. Orqa miya poliomiyeliti orqa miya hujayralariga zarar yetkazadi. Bulbar poliomiyelit miyaning bir qismini zararlab, nafas olish mushaklarini falaj qilishi mumkin. Bemorning nafas olish harakatlarini mexanik ravishda bajaradigan “temir oʻpka” tufayli koʻplab kishilarning hayoti saqlab qolindi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!