20.02.2024
Bu, albatta, yoqimsiz mavzu. Lekin koʻp odamlar tasmasimon qurtlardan aziyat chekkani uchun ularga katta qiziqish bildiriladi. Yassi chuvalchanglar sinfiga mansub tasmasimon qurtlar ichakda parazitlik qiladi. Tasmasimon qurtlar boshqa hayvonlar — “egasi” ning (chunki bu hayvonlar parazitlarni boqadi) ovqat hazm qilish traktida yashagani tufayli “egasi” qisman hazm qilgan ovqat bilan oziqlanadi.
Deyarli har doim yassi qurtlarning “egasi” umurtqalilar — baliq, it kabi hayvonlar yoki odam. Tasmasimon qurtlarning boshida soʻrgʻichlar boʻlib, qurt ular bilan ichak devorlariga yopishib oladi. Ularning sezgi organlari — koʻz va qulog‘i yoʻq. Tasmasimon qurtlar faoliyatsiz boʻlib qolgan mushaklar va sodda asab tizimiga ega. Ularda ogʻiz va ovqat hazm qilish trakti yoʻq. Ozuqa tanasining yuzasi bilan soʻriladi.
Tasmasimon qurtlarning koʻplab turi mavjud. Ularning uzunligi 0,1 mm dan 9 m gacha boʻlishi mumkin. Shuningdek, tasmasimon qurtlar turli shakllarda boʻladi. Ular yaxlit yoki segmentli qismlar zanjiridan iborat boʻlishi mumkin. Bu qismlar har doim boshdan pastga qarab, birin-ketin oʻsadi. Yassi qurtlar maʼlum bir jinsga ega emas. Har bir voyaga yetgan qurt bir vaqtning oʻzida ham erkak, ham urgʻochidir. Yassi qurtlar qanday qilib odamning ovqat hazm qilish tizimiga tushadi? Bu quyidagicha sodir boʻlishi mumkin.
Yassi qurtlar urugʻlangan tuxum qoʻyadi. Keyinchalik choʻchqalar ularni ovqat bilan yeydi. Ularning ichagidagi tuxumlardan lichinkalar chiqadi. Choʻchqaning ichidagi bu mayda lichinkalar ichak devorlari orqali tananing boshqa qismlariga oʻtadi. Oʻzi uchun joy topib joylashgan lichinka atrofida qattiq oʻsma hosil qiladi. Aytaylik, odam sifatsiz pishirilgan choʻchqa goʻshtini (choʻchqa goʻshtini toʻgʻri qayta ishlash oʻsma ichidagi lichinkalarni oʻldirishi mumkin) isteʼmol qiladi. Ovqat hazm qilish shiralari taʼsirida lichinkalar oʻsmalardan chiqadi. Keyin ular ichakka yopishib rivojlanadi, odam esa yassi qurtlarni orttirib oladi.
Yassi qurtlarning zarari shundaki, ular “egasi” isteʼmol qilingan ovqatning bir qismini oʻzlashtirib, zaharli moddalarni chiqaradi. Yassi qurtlar kamdan kam holatlarni hisobga olmaganda oʻlimga olib kelmaydi. Hozirgi vaqtda ichakdan yassi qurtlarni haydab chiqaradigan dorilar mavjud.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.