Ko‘zoynak ko‘rish qobiliyatini qanday to‘g‘rilaydi?

Millionlab odamlarning hayoti koʻzoynaksiz toʻliq boʻlishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin. Uzoqni koʻrolmaydigan odam tungi yulduzlarni koʻra olmaydi. Shuningdek, bulutlarni, uzoq togʻlarni yoki balandda uchayotgan qushni ham. Koʻrish qobiliyatini toʻgʻrilash tufayli odamlar yaxshi koʻrishi mumkin. Biz yorugʻlik kameraning sezgir plastinkasiga tushgani kabi koʻzning toʻr pardasiga tushgani uchun koʻramiz. Tabiiyki, yorugʻlik toʻr parda ichiga yoki uning oldiga tushsa, biz aniq koʻra olmaymiz.

Koʻzda yorugʻlikni fokuslash va nurlarni kerakli nuqtaga yoʻnaltirish uchun gavhar mavjud. Normal koʻz uzoqdagi obyektga qaraganida, tasvir koʻzning toʻr pardasiga hech qanday muammosiz tushadi. Ammo xuddi shu koʻz yaqindagi (aytaylik, besh metrdan yaqinroq) obyektga qaraganida, tasvir koʻzning toʻr pardasi orqasiga fokuslanadi. Koʻz gavhari akkomodatsiyalanadi (moslashish) . Bu kerakli mushaklar qisqarib, gavhar shaklini oʻzgartirishini anglatadi. Natijada tasvir toʻr pardaga yoʻnaltiriladi va koʻz obyektni aniq koʻradi.

Ikki narsa akkomodatsiyani imkonsiz qilishi mumkin. Birinchisi, koʻz gavhari qarib, elastikligini yoʻqotganda. Bunda gavhar shaklini oʻzgartirib, tasvirni fokuslay olmaydi. Ikkinchi sababi esa odamlar juda uzun yoki qisqa koʻz bilan tugʻiladi. Koʻzi juda qisqa boʻlgan kishilar uzoqni yaxshi koʻradi. Ular uzoqdagi narsalarni yaxshi koʻradi, lekin yaqindagi narsalarni koʻrish uchun koʻziga zoʻr berishi kerak.

Baʼzan tasvirni toʻr pardada fokuslash imkonsiz boʻladi. Bunday odamlarga koʻzoynak kerak. Koʻzoynak koʻz mushaklari qila olmaydigan ishni bajaradi. Ular koʻz akkomodatsiyasisiz tasvirni toʻr pardaga fokuslaydi.

Uzoqni koʻrolmaydiganlar juda uzun koʻzga ega. Tasvir koʻz toʻr pardasi oldida fokuslanib, xiralashadi. Ammo uzoqni koʻrolmaydigan odam oʻz kuchi bilan buni toʻgʻrilay olmaydi. Mushaklarga zoʻr berib, koʻzni akkomodatsiyalashga uringan taqdirda ham faqat tasvirni oldinga siljitish mumkin. Aniq koʻrish uchun fokusni toʻr pardaga siljitadigan koʻzoynak kerak boʻladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!