20.02.2024
“Katarakt” so‘zi tabiiy hodisa — jala yoki sharsharani anglatishi bizga maʼlum. Xoʻsh, nega koʻzning ayrim shikastlanish turlari “katarakta” deb ataladi? Qadim zamonlardan beri odamlar bu koʻrish nuqsoni ko‘zning gavharidagi katarakta kabi xira plyonka tufayli yuzaga kelishini bilgan.
Katarakta bu — shunchaki xiralashish yoki koʻz gavharining xiralashuvi. Bu koʻrishga xalaqit berishi yoki toʻsqinlik qilmasligi mumkin. Aslida, koʻp odamlar oʻzi bilmagan holda kataraktaga ega. Odamlar koʻrish maydonining bir qismi noaniq yoki xiralashgandagina katarakta borligini payqaydi. Boshqa holatda esa odam faqatgina yorqinroq yorugʻlikda yaxshiroq koʻradi. Yorqin yorugʻlikda qorachiq kengaygani uchun mos ravishda koʻzga koʻproq yorugʻlik kiradi. Katarakta koʻz qorachigʻi odatdagidan koʻra kulrang yoki rangi ochroq boʻlib koʻrinadigan effektni keltirib chiqaradi. Katarakta bilan ogʻrigan keksa odamlarda qorachiq juda kichik boʻlishi mumkin.
Rivojlangan katarakta natijasida qorachiq sutrangga kiradi. Katarakta koʻproq keksa odamlarda kuzatiladi. Biroq ba’zida yangi tugʻilgan chaqaloq yoki yosh bolalarda ham uchraydi va bu shikastlanish yoki umumiy kasalliklar natijasida ham paydo boʻladi. Boladagi kataraktani jarrohlik yoʻli bilan gavharni olib tashlamasdan koʻrish qobiliyatini tiklash mumkin. Odamlarning normal ishlashiga toʻsqinlik qiladigan jiddiy katarakta boʻlganida, operatsiya paytida gavharni olib tashlash kerak. Bu toʻliq koʻrlikning oldini olish uchun faqat bir koʻzda amalga oshiriladi.
Ushbu operatsiyaga muhtoj boʻlganlarning aksariyati tabiiy ravishda uning muvaffaqiyatli oʻtishidan xavotirlanadi. Aslida yaxshi jarroh amalga oshiradigan bunday operatsiyasida muvaffaqiyatsizlik xavfi juda kam boʻladi. Keyinchalik bemor koʻzoynak yordamida koʻzdagi gavhar kabi koʻrishi mumkin.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.