Uyqu buzilishi nima?

Uyqu buzilishi juda jiddiy kasallikdir. U asosan Afrikadagi odamlar va hayvonlar orasida keng tarqalgan. Infeksiya “tripanosoma” deb ataladigan parazitlar tufayli yuzaga keladi. Markaziy Afrikaning koʻplab hududlarida yaxshi maʼlum boʻlgan setse pashshasi uning tashuvchisidir. Setse parazitlarni odam yoki hayvonni chaqqanida yuqtiradi. Tripanosomalar hasharotning oshqozoniga tushgach, koʻpayishni boshlaydi. Keyin soʻlak bezlari orqali hasharotning ogʻziga oʻtadi. Bu yerda mikroblar odamga yuqishi mumkin boʻlgan shaklga aylanadi.

Hasharot chaqqanida parazitlar inson teri ostiga tushadi. Kichik yara paydo boʻladi. Keyingi uch hafta mobaynida tripanosomalar qonda aylanib yuradi. Bu vaqtda ularni yuqtirgan odamda isitma xurujlari boshlanadi, koʻpincha terini toshmalar qoplaydi. Miya biroz shishadi. Afrikaning baʼzi qismlarida infeksiya shu bilan tugaydi va bemor tuzalib ketadi. Ammo Zimbabve va Malavida kasallik yanada jiddiy koʻrinish oladi. Bir yil ichida bemorda miya zararlanishining alomatlari paydo boʻladi. Bemor kuchli bosh og‘rig‘ini his qiladigan, tezda asabiylashadigan, oʻzini idora etolmaydigan boʻlib qoladi.

Keyin navbatdagi bosqich boshlanadi. Bemor juda xotirjam boʻlib, uxlab qoladi. Uzoq vaqt davomida behush holatda boʻladi. Bemor isitma qiladi. Nihoyat, falajlik boshlanadi, tananing madori quriydi va jon beradi. Hushsizlik infeksiyaning bosh miya qobigʻiga kirishi sababli roʻy beradi. Miya yallig‘lanishining boshqa sabablari ham boʻlishi mumkin. Ushbu taʼriflangan kasallik “ensefalit” deb ataladi. Afrika uyqu kasalligi aynan ensefalitning ogʻir shaklidir. Shuni ta’kidlash kerakki, setse pashshasidagi uyqu kasalligini keltirib chiqaradigan mikroblar nasldan naslga oʻtmaydi. Demak, oʻlim faqat setse pashshasi ilgari kasal odam yoki kasal hayvonni chaqqan taqdirdagina sodir boʻladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!