O‘pka qanday ishlaydi?
O'pka qanday ishlaydi? O'pka qanday tuzilgan?
2 min
Inson organizmi

Nafas olish — kislorodning tanaga kirishi, undan foydalanish va tanadan karbonat angidridni chiqarishdan iborat murakkab jarayon. Odam oʻpkasiga havo olib, keyin uni chiqarib nafas oladi. Oʻpkada havodagi kislorod qonga, karbonat angidrid esa qondan havoga oʻtadi. Oʻpka — koʻkrak qafasining ikkala tomonini ham toʻldirib turadigan, katta yumshoq aʼzo. Uning toʻqimasi tashqi koʻrinishi chiroyli “gubka”ga oʻxshaydi. Havo qopchalari — havo kirib, kerakli gazlar ishlatiladigan va keraksizlari chiqariladigan boʻshliqlar. Havo qopchalari bir-biridan juda nozik qon tomirlari — kapillyarlar bilan qoplangan juda yupga devorlar bilan ajralib turadi. Qonni havodan faqat mayda hujayralar ajratib turgani uchun nafas bilan olingan gazlar bu yupqa devorlardan oson oʻtadi.

Oʻpka elastikdir. Nafas olganimizda koʻkrak qafasi kengayadi va u bilan birga oʻpka ham kattalashadi. Havo burun, halqum, boʻgʻiz, traxeya va bronxlar (har biri oʻpkaga va oʻpkaning havo qopchalariga kiradigan ikkita kichik naycha) orqali oʻtadi. Nafas chiqarilganda oʻpka hajmi kichrayadi, koʻkrak qafasi torayadi, oʻpka qopqogʻi qisman yopiladi, havo yana yuqori naychalar orqali haydaladi.

Oʻpkaga qancha havo sigʻishi mumkin? Odatda buni oʻlchash uchun normal nafas olish va qoʻshimcha nafas olish mumkin boʻlgan havo (agar urinib koʻrilsa) hamda nafas chiqarilishi mumkin boʻlgan miqdor olinadi. Bu hayotiy zarur havo hajmi yoki oʻpkaga sigʻadigan havo miqdori. Erkak kishining oʻpkasida 7, ayol kishinikiga esa besh pintga yaqin havo sigʻishi mumkin. Oʻpkadagi havo zoʻr berib chiqarilganda ham u hech qachon boʻsh qolmaydi.

Chuqur nafas chiqarishdan keyin oʻpkada qolgan havo “qoldiq havo” deb ataladi va nafas olinganidan keyin yangi havo qoldiq havo bilan aralashadi. Nafas olish — ongli va ongsiz jarayon boʻlib, biz bu haqda oʻylamasak ham, uxlasak ham doimo sodir boʻladi. Agar xohlasak, masalan, suvostida nafas olishni qisqa vaqtga toʻxtatishimiz mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!