Astma nima?

Astma — mustaqil kasallik emas, balki tanadagi boshqa bir qator kasalliklar alomati. Astmada oʻpkaga va oʻpkadan havo oʻtishi bilan bogʻliq muammolar tufayli kishi nafas olishda qiyinchiliklarga duch keladi. Havo oʻtishi nafas yoʻli va oʻpkani bogʻlaydigan shilliq qavat yoki aʼzolarning yalligʻlanishi natijasida qiyinlashadi. Astma xuruji vaqtida odamda uzuq-uzuq nafas olish, xirillash va yoʻtal kuzatiladi. Xuruj ham toʻsatdan paydo boʻlishi, ham asta-sekin kuchaya boshlanishi mumkin. Astmadan xalos boʻlishning yagona yoʻli — sababni topib, uni bartaraf etish. Sabablar turlicha boʻlishi mumkin: allergiya, ruhiy larza yoki ob-havo sharoiti.

Odatda 30 yoshgacha astma rivojlanishiga allergiya sababchi boʻladi. Bemor gulchang, chang, oziq-ovqat, dori-darmon va hayvonlarga taʼsirchan boʻlishi mumkin. Astmaga olib kelishi mumkin boʻlgan chang va gulchanglarning koʻplab turi mavjud. Bolalardagi astmaning birinchi navbatdagi sababchisi oziq-ovqat — tuxum, sut yoki un mahsulotlariga boʻlgan allergiya. Shifokorlarning fikriga koʻra, astma koʻpincha kuchli hissiy iztirob, masalan, oilaviy janjallar, moliyaviy muammolar va boshqalar tufayli rivojlanadi.

Koʻpincha hissiy tashvish oʻz foydasizligini his qilish, javobsiz sevgi tufayli yuzaga keladi. Bu hislar zanjirli reaksiyani keltirib chiqarib, pirovardida astma xuruji bilan yakunlanadi. Shuning uchun ham astma sababini aniqlashda shifokor tashxisi juda muhimdir. U bemorning kasallik tarixi, ovqatlanishdagi odatlari, turmush tarzi, atrofidagi muhit haqidagi turli xil savollarning toʻliq va sinchkovlik bilan tahlil qilinishini talab qiladi. Agar shifokor bemorning odatdagi turmush tarzida oz boʻlsada ogʻishlarni payqasa, u astma xurujining sababini aniqlay oladi.

Xuruj uyda, muayyan bir zotdagi hayvonlar saqlaydigan tanishlarnikidagi mehmondorchilik, plyajga tashrif buyurish yoki yangi ovqat isteʼmol qilishdan keyin sodir boʻlishi mumkin. Shifokor astmadan aziyat chekadigan kishilar uchun koʻpincha maxsus parhez buyuradi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!