Sil qanday kasallik?

Sil kasalligi — tuberkulyoz mikobakteriyasi (eskirgan nomi Kox tayoqchasi) deb ataluvchi mikrob sabab boʻladigan kasallik. Bu infeksiya butun dunyoda keng tarqalgan, ammo koʻproq tor va antisanitariya sharoitida yashaydigan hamda yomon ovqatlanadigan odamlarda uchraydi. Yaxshiyamki, odam bu infeksiyaga chidamli. Mikobakteriyalar bilan zararlanish tufayli odamlarning 10 foizdan kamrogʻi vafot etadi. Koʻplab mamlakatlarda oʻpka rentgenoskopiyasi, sutni pasterizatsiya qilish (mikroblar kasallangan hayvonlarning suti orqali yuqishi mumkin), bemorlarni izolyatsiya qilish va ularni intensiv davolash sil kasalligini nazorat ostiga olishga yordam berdi.

Sil bakteriyalarining uch turi mavjud: inson, hayvon va qush. Odam ikki turdagi — inson va hayvon bakteriyalarini yuqtirib olishi mumkin. Mikroblar tanaga koʻpincha nafas olish aʼzolari orqali kirib, oʻpkani zararlaydi. Kasallikning dastlabki bosqichi “birlamchi zararlanish” deb ataladi. Bu oʻpka toʻqimalari qobigʻining shikastlanishi bilan bogʻliq ravishda kechadi.

Kasallikning keyingi bosqichida mikroblar odatda koʻkrak qafasi hududiga kiradi. Koʻpgina hollarda zararlangan hudud davolanadi, ammo aʼzo yuzasida notekis chandiqlar hosil boʻladi. Biroq keyinchalik zarar yetkazmasa-da, ammo mikroblarning bir qismi saqlanib qoladi. Baʼzida katta yoshda ham bemor tanasida saqlanib qolgan sil kasalligi infeksiyasi yana oʻzini namoyon qiladi. Bu yangi yoki faollashgan eski infeksiya bo‘lishi ham mumkin. Mikroblar oʻpka ichida tarqalishi va qonga, u bilan boshqa aʼzolarga oʻtishi ehtimoli ham mavjud.

Natijada buyrak va boʻgʻimlar, limfa tugunlari zararlanadi. Butun tanaga tarqalgan sil kasalligi holdan toydiradigan va zaiflashtiradigan ogʻir kasallikdir. Bu kasallikni aniqroq qilib tananing “soʻlishi” deb taʼriflash mumkin, chunki u tanani quritadi, “yeydi”. Bemorda yuqori isitma, ortiqcha terlash, ishtahaning yoʻqolishi kuzatiladi, odam ozib, nimjonlashadi. Sil bakteriyasini tasodifan yuqtirib olishning oldini olish maqsadida muntazam ravishda shifokor koʻrigidan oʻtish kerak.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!