Bosh suyagidagi bo‘shliqlar qanday vazifani bajaradi?

Har birimiz burnidan umuman nafas ololmayotgan yoki boshdagi, koʻz va yonoq ogʻrigʻidan shikoyat qiladigan kishini uchratganmiz. Agar undan shamolladingizmi deb soʻrasak, u burun va peshona qismidagi og‘riqlardan shikoyat qilayotganini aytadi. Bu oʻzi nima, nega bu holatda ogʻriq paydo boʻladi? Aniqroq qilib aytadigan boʻlsak, gap qon yoki havo bilan toʻldirilgan boʻshliqlar haqida. Ammo koʻpincha bu burun bilan bogʻlangan boʻshliqlardan biriga infeksiya tushganini anglatadi.

Bosh suyagida jami sakkizdan ortiq bunday kichik boʻshliqlar — peshona va yuz suyaklaridagi botiqlik, chuqurchalar mavjud. Eng katta boʻshliqlar yonoq suyagida, eng kichiklari esa burun asosi va uning yon tomonlarida joylashgan. Burun boʻshligʻi kabi barcha boʻshliqlar shilliq qavat bilan qoplangan boʻlib, bu boʻshliqlar ajralmasining chiqishi burun orqali sodir boʻladi. Ularning vazifasi haqida koʻplab nazariyalar mavjud.

Bir nuqtayi nazarga koʻra, ular burun yoʻlini isitishga yordam beradi va kerakli namlikni saqlaydi. Boʻshliqlar ovozni kuchaytirishi yoki hidni sezishda ahamiyatga ega boʻlishi yoki bosh suyagida shunchaki boʻsh joyni taʼminlovchilar boʻlishi ham mumkin. Boʻshliqlar qattiq shamollash, gripp va boshqa yuqumli kasalliklardan keyin kasallanishi tabiiy. Xastalik yuz, peshona va koʻzlardagi ogʻriq bilan birga kechadi. Bu hislar har kuni bir vaqtning oʻzida paydo boʻladi. Baʼzida burun oqishi mumkin. Ogʻriq boʻshliqlarda toʻplangan shilimshiqning  burun shilliq qavati shishi tufayli tashqariga chiqa olmaganidan yuzaga keladi.

Baʼzida yonoq suyaklaridagi boʻshliqlarning yalligʻlanishi tish ogʻrigʻidan kelib chiqishi mumkin. Boʻshliqlar yalligʻlanganida jarrohlik aralashuvi kamdan kam hollarda uchraydi. Agar operatsiya oxirgi chora boʻlsa, unda uning maqsadi, shilimshiq oqimini yaxshilash uchun burun teshigini kengaytirishdir. Eng yaxshi profilaktika bu — shamollamaslik. Shifokor faqat kasallikning dastlabki bosqichlarida yordam berishi mumkin. Turar joyni tez-tez shamollatish foydalidir.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!