Gulchang hisobi nima?

Pichan xuruji paytida koʻpchilik shahar gazetalari kundalik gulchang hisobini eʼlon qilib boradi. Bu oʻzi qanday gulchang? Uning pichan oʻrimiga nima aloqasi bor va gulchang hisobi nima? Gulchang — ayrim oʻsimlik turlari tomonidan ishlab chiqarilib, ularning gulida mayda zarralar koʻrinishida boʻladi. U koʻpincha shamol yordamida changlanadigan oʻsimliklarda uchraydi. Gulchangning bir qismi hasharotlar tomonidan olib ketiladi, lekin uning asosiy qismi shamol bilan koʻtarilib, odamlarda pichan xurujini yuzaga keltiradi.

Gulchangi pichan xurujini keltirib chiqaradigan oʻsimliklarning uchta asosiy guruhi mavjud. Bundan tashqari, guruhlarning har biri turli xil gullash davriga ega. Masalan, baʼzi daraxtlar pichan xurujini aprel yoki may oylarida keltirib chiqaradi, ayrim oʻtlar maydan iyulgacha xastalik manbai boʻlishi mumkin va nihoyat, gulchang ishlab chiqaradigan begona oʻtlar esa avgustdan oktabrgacha pichan xurujiga sababchi boʻlishi mumkin. Baʼzi begona oʻtlar bitta oʻsimlikda 100 000 dan ortiq gulchang zarrasini hosil qilishi bilanoq ular havoga koʻtariladi. Aynan shu gulchang pichan xuruji qurboniga aylanganlarni azoblaydi. Bu kasallikka moyil boʻlgan odamlar gulchang juda koʻpayadigan vaqtni aniqlay oladi.

Gulchangni hisoblashning juda oddiy usuli mavjud. Bir tomoniga yogʻ surtilgan silliq oyna ochiq havoda gorizontal holatda, odatda bir kunga qoldiriladi. Keyin mikroskop ostida moylangan oynada qolgan gulchang zarralari sanab chiqiladi. Shamol va boshqa ob-havo sharoiti atmosferadagi gulchang miqdoriga katta taʼsir koʻrsatadi. Yozdagi kuchli yomgʻir oʻsimliklarning qiygʻos gullashi va katta miqdorda gulchang paydo boʻlishiga yordam beradi. Aksincha, yoz quruq boʻlsa, gulchang miqdori sezilarli darajada kamayadi.

Shuningdek, quyosh nuri ham gulchangning tez yetilishiga yordam beradi, nam ob-havo esa, aksincha, uning rivojlanishini sekinlashtiradi. Kunning birinchi yarmidagi yomgʻir gulchanglar tarqalishini maʼlum darajada ushlab turadi. “Pichan xuruji” deb atalmish kasallik nomi Angliyada paydo boʻlgan. Bir ingliz shifokori 1812-yildagi hisobotida pichan oʻrimi paytida paydo boʻladigan kasallik alomatlarini tasvirlashda kasallikni “pichan xuruji” deb atagan. Bu nom bugungi kungacha saqlanib qolgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!