Qahva odamlarga qanday ta’sir qiladi?

XVII asrning ikkinchi yarmida qahva ilk bor Yevropada paydo boʻlganida, unga koʻpchilik qarshi chiqqan edi. Koʻpgina olimlar qahva kuchli zahar va uni taqiqlash kerakligini taʼkidlagan. Boshqalari esa, aksincha, qahva ichish yaxshi narsa deb daʼvo qilgan. Bu fikrlar esa koʻplab “qahva uylari”ning paydo boʻlishiga olib keldi.

Hayvonlarda oʻtkazilgan tajribalar shuni koʻrsatdiki, qahva  faqatgina katta miqdorda isteʼmol qilingandagina haqiqatan ham zahar kabi taʼsir qilishi mumkin. Qahva yosh bolalarga ham salbiy taʼsir koʻrsatishi ehtimoli mavjud. Ammo meʼyorida ichadigan kattalar uchun qahva zahar emas va bu aniq maʼlum. Qahva donasida 1 foiz kofein deb ataladigan modda mavjud. Aksariyat odamlar tanaga taʼsir qiladigan barcha natijalarni kofein keltirib chiqaradi deb hisoblaydi. Bu mutlaqo notoʻgʻri. Qahva donalarida boshqa moddalar ham mavjud.

Qahva tanaga tetiklashtiruvchi taʼsir koʻrsatadi. Miyaning qon tomirlari kengayib, qon aylanishi yaxshilanadi va bu miyadan “charchoq toksinlari” deb ataladigan narsalarning chiqarilishiga yordam beradi. Qahvadan keyin puls yaxshiroq eshitiladi, bu esa yurak urishi kuchayganini bildiradi. Qahva mushaklar ishini yaxshilaydi. Ushbu ichimlik ichni boʻshashtirish xususiyatiga ega boʻlganligi tufayli ichak faoliyati ham tetiklashadi. Ovqat hazm qilish tizimi ham yaxshi ishlaydi. Sogʻlom odamlar uchun qahva, ayniqsa, toʻkin-sochin ovqatdan keyin foydalidir, garchi u baʼzida jigʻildon qaynashiga olib kelishi mumkin. Qahva organizmga qonni tozalashda ham yordam beradi. Kunning turli vaqtida qahva tanaga turlicha taʼsir qiladi.

Masalan, ertalabki qahva buyraklar faoliyatiga ta’sir qilib, kechasi tanada toʻplangan toksinlarni olib chiqishga yordam beradi. Tushlikkacha ichilgan qahva koʻproq oshqozon osti beziga taʼsir qilib, ovqat hazm boʻlishini yaxshilaydi. Tushlikdagi qahva esa mushaklarga koʻproq taʼsir qilib, horgʻinlik chiqishiga ko‘maklashadi. Kechki qahva aqliy faoliyat va ijodiy tasavvurni kuchaytiradi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!