Kofein nima?

Hozirgi vaqtda kofeinsiz qahva xarid qilish mumkin va millionlab odamlar uni oddiy qahvadan afzal koʻradi. Kofein oʻzi nima va nega baʼzi odamlar undan xalos boʻlishni xohlaydi? Qovurilgan qahva donalari shunchalik koʻp turli xil moddalarni oʻz ichiga oladiki, fan haligacha ularning barchasini aniqlay olmadi. Ammo ular orasida eng mashhur modda kofeindir. Uning kimyoviy tarkibi murakkab.

Kofein sof holda uchramaydi, u faqat kislotalar bilan birikmalarda boʻladi. Bitta qahva donasida taxminan 1 foiz kofein mavjud. Kofein tetiklashtiradi, shuning uchun ayrim odamlar uni kechga yaqin ichishdan qochadi. Boshqalar esa, aksincha, qahva ularning uxlashiga toʻsqinlik qilmaydi deb hisoblaydi. Ilgariroq aytib oʻtilganidek, kunning turli vaqtida kofein odamga turlicha taʼsir qiladi. U hammaga ham bir xil taʼsir etmasligi isbotlangan.

Yana bir bor taʼkidlab oʻtish kerakki, kofein sof holda mavjud emas. U boshqa moddalar tarkibida boʻlib, oziq-ovqat bilan birlashganda, butunlay boshqa boʻladi. Qahvaga sut yoki sut qaymogʻi qoʻshilganida kofein ular tarkibidagi oqsil bilan birlashadi va uning taʼsiri zaiflashadi. Qovurishdan oldin yashil donalarni bugʻlash yoki ivitish orqali kofeinni qahvadan ajratib olish mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!