20.02.2024
Tasavvur qilish mumkin boʻlgan eng murakkab va talabchan musiqa asbobi, ehtimol, insonning nutq apparati boʻlsa kerak. Unga qorin, koʻkrak qafasi, halqum, ogʻiz, burun, til, tanglay, lab va tishlar kiradi. Tovush chiqarishda ogʻiz mushaklari, tanglay, lab va til muhim oʻrin tutadi. Ushbu “musiqa asbobi”da juda yaxshi ijro etishimizning yagona sababi shundaki, biz uni bolaligimizdayoq oʻzlashtirganimiz. Agar ushbu uni mukammal “chalolmasak”, nutqimiz notoʻgʻri boʻlib, unda nuqsonlar paydo boʻladi. Bunday nuqsonlardan biri duduqlikdir.
Duduqlanish — nutqni hosil qilishda ishtirok etadigan bir yoki bir nechta aʼzolardagi spazmlar natijasi. Soʻzlar oqimi kutilmaganda uzilib qolib, pauza yuzaga keladi. Baʼzan bu dastlab toʻxtagan tovushni ketma-ket tez takrorlash natijasida sodir boʻladi. Duduqlanishning turli darajalari mavjud. Bu oxirgi harf yoki boʻgʻinlarni talaffuz qilishdagi kichik noqobillik, spazm til va halqum mushaklarini toʻliq boʻgʻib qoʻyish holati ham boʻlishi mumkin.
Duduqlanish kamdan kam hollarda 4—5 yoshdan oldin paydo boʻladi. Bola tovush hosil qiluvchi aʼzolardan birida biror narsa yuz bergandagina duduqlana boshlaydi. Koʻpincha duduqlanishning sababi hissiy hayajondir. Duduqlanadigan odamga eng katta muammolarni odatda “b”, “p”, “d”, “t”, “k”, qattiq “g” kabi portlovchi undoshlar keltirib chiqaradi. Bu undoshlar havo harakatining toʻxtatilishi va lablardagi bosim, soʻngra havo oqimining keskin portlab, ochiq lablar orasidan chiqishi natijasida hosil boʻladi.
Oʻzingiz sinab koʻring: “b” tovushini hosil qiling. Haqiqatan ham portlovchi. Agar kishi oʻqish qoidalariga rioya qilib, har bir boʻgʻinni diqqat bilan asta-sekin talaffuz qilsa, duduqlanish koʻpchilik hollarda tuzatiladi. Albatta, agar duduqlanish hissiy buzilish natijasida yuzaga kelgan boʻlsa, unda shifokor maslahati va maxsus davolash kursi talab qilinadi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.