Narkotik nima?
Giyohvand moddalar haqida ma'lumot.
2 min
Bu nima?

Bugun giyohvandlar, ular bilan bogʻliq muammolar haqida tez-tez eshitamiz va oʻqiymiz. Bu muammolar har birimizni bezovta qiladi.

Giyohvand moddalar — ogʻriq qoldiruvchi va uyqu dori taʼsiriga ega boʻlgan maxsus dorilar guruhi. Ular tibbiyotda narkoz deb nomlanuvchi vaqtinchalik tinchlantirish xususiyatini beradi. Barcha dorilar faqat shifokor koʻrsatmasi boʻyicha qabul qilinishi kerak. Giyohvand moddalar tez-tez qabul qilinganida, unga qaramlik tugʻilib, mayl uygʻonadi. Bu esa endi kishi ularni muntazam ravishda qabul qilishi kerakligi, agar qabul qilmasa, u kuchli ogʻriqlarni boshdan kechirishini anglatadi. Bir marta giyohvand modda qabul qilinganidan soʻng undan voz kechish juda qiyin. Giyohvandlar har doim noqonuniy yoʻl bilan olingan giyohvand moddalarga katta pul toʻlash uchun oʻgʻirlik va boshqa jinoyatlarni sodir etadi.

Eng mashhur beshta giyohvand modda: morfin, kodein, geroin, kokain va marixuana.

Morfin eng yaxshi ogʻriq qoldiruvchi vositalardan biridir. U afyundan tayyorlanadi. Morfin asosan inson miyasiga kuchli taʼsir qiladi. Uni qabul qilgandan soʻng tashvish va xavotirlar yoʻqoladi, kishi xotirjam, boʻshashgan, uyqusiragan boʻladi. Ammo narkotik eshitish, koʻrish, sezgiga taʼsir qilmaydi.

Kodein ogʻriqni yengillashtiradi, ammo miyaga juda kuchsiz taʼsir qilgani uchun u giyohvandlar tomonidan kamdan kam qoʻllaniladi.

Geroin, aksincha, xotirjamlik tuygʻusini bersa-da, ammo kuchsiz ogʻriq qoldiruvchi vositadir. Bugungi kunda AQShda geroin ishlab chiqarish tibbiy taʼsiri pastligi sababli taqiqlangan.

Kokain —  koka oʻsimligining barglaridan olinadigan narkotik. Kokain miyaga eng kuchli taʼsir qiladigan giyohvand modda.

Marixuana turli xil oʻsimliklardan, birinchi navbatda kannabisdan olinadi. Undan tibbiyotda foydalanilmaydi, lekin giyohvandlar tomonidan chekish uchun ishlatiladi (quritilgan kannabis barg va gullari tamaki oʻrniga ishlatiladi). Necha yoshda boʻlishidan qatʼi nazar hech kim shifokor koʻrsatmasi va kuzatuvisiz giyohvand moddalarni qabul qilmasligi kerak.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!