Pasxa orolidagi haykallar qanday paydo bo‘lgan?

1722-yildagi Pasxa bayrami kunida gollandiyalik admiral Yakob Rogevinning kemasi Tinch okeani janubidagi qalin oʻt bilan qoplangan orol qirgʻogʻiga kelib toʻxtagan. Admiral oʻzi kashf etgan yerni “Pasxa oroli” deb atagan va tez orada bu juda sirli joy ekanini aniqlagan. Orol eng yaqin aholi yashaydigan yerdan 1500 mil uzoqlikda joylashgan. Orol 1000 ga yaqin mahalliy aholi — qora tanli polineziyaliklardan iborat boʻlgan. Tadqiqotchi orolda kashf etgan eng qiziq narsa quyidagilar boʻlgan: u butun qirgʻoq boʻylab, har biri yaxlit toshdan yoʻnib yasalgan va tik holda joylashtirilgan ulkan inson boshlarini koʻrgan. Toshlarda gʻayrioddiy, uzun quloq solinchaklariga ega, bir-biriga oʻxshash, choʻzinchoq chehralar aks etgan. Baʼzi haykallarning qoʻli, boshqalarining esa vulqonning qizil lava boʻlaklaridan yasalgan qalpoqlari boʻlgan.

Tez orada admiral haykallar nafaqat qirgʻoqda, balki butun orol boʻylab sochilib yotganini bilib olgan. Tashlandiq tosh konlarida ularning koʻplab tugallanmaganlari topilgan. Yerning barcha burchaklaridagi ibtidoiy qabilalar odatda oʻz dini bilan bogʻliq boʻlgan, turli xil sanʼat turlariga ega, ammo bu haykallarga oʻxshash biror narsa boshqa joyda topilmagan. Aslida ular haligacha olimlar uchun jumboq boʻlib qolmoqda. Masalan, javob topilmagan savollardan biri — ibtidoiy odamlar 50 tonnalik haykallarni tosh konlaridan dengiz qirgʻogʻigacha qanday olib kelgan? Buning uchun qanday transport vositalaridan foydalanilgan? Bularni hech kim bilmaydi. Mutaxassislarning fikriga koʻra, haykallar qandaydir tarzda ibtidoiy diniy sigʻinish va odamlarni dafn etish marosimlari bilan bogʻliq.

XVIII asr davomida orolda avj olgan urushlar davomida koʻplab haykallar ataylab buzilgan. Biroq orolning hozirgi vaqtdagi aholisi ham bu haykallar nima ekanini tushuntirib bera olmaydi. Hozirgi paytda Pasxa oroli — Chili mustamlakasi. Mahalliy aholiga berilgan kichik qismidan tashqari, butun orol yaylovlar uchun berilgan. Orolning oʻlchamlari unchalik katta emas — uzunligi taxminan 20 km, eni esa 12 km (eng keng joyida).

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!