20.02.2024
Zilzila sayyoramizning u yoki bu joyida tez-tez sodir boʻladigan, oyoq ostidagi yer titray boshlab, unda tubsiz, keng yoriqlar ochiladigan, uy va boshqa binolar tebranib, qulab tushadigan tabiiy ofat ekanini hamma yaxshi biladi.
Baʼzi juda kuchli zilzilalar yuzlab va minglab odamlar halok boʻladigan, keng miqyosdagi dahshatli falokatlarni keltirib chiqaradi. Gap shundaki, Yer qobigʻining baʼzi joylarida yoriq yoki siljishlar kabi nuqsonlar mavjud. Yer qaʼridagi ulkan tosh plitalar doimiy harakatda boʻladi. Vaqti-vaqti bilan yoriq joylarda ularning qirralari koʻtariladi yoki tushadi, baʼzida esa yoriqlar boʻylab harakatlanadi.
Lekin ular toʻqnashganda yoki bir-biriga ishqalanganda, juda katta miqdordagi energiya ajralib chiqadi. Bu Yer qobigʻida tebranishlarni keltirib chiqaradi. Albatta, ular Yer yuzasida ham seziladi. Baʼzan bu tebranishlar toʻlqinlar koʻrinishida epitsentrdan, yaʼni zilzila sodir boʻlgan joydan minglab kilometr uzoqlikka tarqaladi. Tabiiyki, Yer qobigʻidagi bunday yoriqlar hamma joyda ham mavjud emas, shuning uchun zilzilalar faqat sayyoramizning ayrim mintaqalarida sodir boʻladi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.