Boykot nima?
Boykot tushunchasi mohiyati.
2 min
Bu nima?

Aytaylik, sinfdoshlaringiz yoki shunchaki tanishlaringizdan biri har qadamda aldab, sizga nisbatan notoʻgʻri munosabatda boʻladi. Bunday holda, siz va doʻstlaringiz u bilan birga boshqa hech bir ish qilmaslikka va hatto gaplashmaslikka qaror qilgan boʻlishingiz mumkin. Bunday qaror siz unga boykot eʼlon qilganingizni anglatadi.

“Boykot” soʻzining kelib chiqishi juda qiziq. Uning tarixi XIX asrga borib taqaladi. Oʻsha davrda Irlandiyadagi koʻplab uy egalari oʻz mulklarini boshqarishni agentlarga topshirib, oʻzi Angliyada yashashni afzal koʻrgan. Bu agentlarning vazifasiga odatda ushbu uylarni ijaraga olgan ijarachilarning toʻlov qobiliyatini hisobga olmay ijara haqini yigʻish kirgan. Oʻzining shafqatsizligi bilan mashhur boʻlgan agentlardan biri, kapitan Charlz Kannigxem Boykot boʻlgan.

Bir safar, 1880-yilda u irlandiyalik fermerlarga toʻlovlar uchun muhlat bermay, shunchaki ularni oʻz uyidan haydab yuborgan. Koʻchada qolgan odamlar oʻzini ranjitgan kishining xizmatkorlarini kaltaklash, toʻsiqlarini sindirish, unga kelayotgan xat-xabarlarni ushlab qolish va hokazolar bilan qasos olishni boshlagan. Bunday holat boshqa oʻta sergʻayrat agentlar bilan ham sodir boʻla boshlagan. Har bir bunday holatda u yoki bu agent “boykot qilindi” deb aytilgan.

Bugungi kunda biron bir shaxs, biznes vakili boʻlgan korxona yoki hatto butun bir mamlakat bilan aloqa qilish yoki har qanday munosabatlarda boʻlishni maxsus, jamoaviy rad etish shu nom bilan ataladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!