20.02.2024
Odamzod rivojlanishining boshlangʻich bosqichlarida oʻta oddiy hayot tarzini olib borgan. U gapira olmagan, topgan narsasini yegan va boshpanasi boʻlmagan. Keyinchalik yovvoyilarcha hayotning birinchi bosqichida u olov olishni va baliq isteʼmol qilishni oʻrgangan. Vaqt oʻtib u ov va oʻzini himoya qilish uchun qoʻpol qurollar yasay boshlagan, oilalar esa qabilalarga birlashgan. Keyinroq ovqat pishirish va saqlash uchun idish-tovoq tayyorlash oʻrganilgan. Shunga qaramay, inson oʻzining ibtidoiy holatida qolishda davom etgan.
Keyingi qadam varvarlik deb atalgan. Odamlar ovqat uchun oʻsimlik yetishtirishni va oʻzi uchun foydali sifatlarga ega boʻlgan, yovvoyi hayvonlarni qoʻlga oʻrgatishni boshlagan. Keyinchalik ular temir va mis kabi metallardan foydalanishni, ulardan ov qilish va himoyalanish uchun yanada takomillashgan qurollar yaratishni oʻrgandi. Oʻsha paytda odamlar oʻzi uchun boshpana qurishni boshlagan. Varvarlikning soʻnggi bosqichida inson sivilizatsiya rivojlanishini belgilab bergan, asosiy yutugʻi boʻlgan narsani ixtiro qilgan. Bu yozuv edi.
Oʻsha paytda birinchi yozuv rasmlar koʻrinishida boʻlgan, ammo vaqt oʻtishi bilan turli joylarda alifbolar paydo boʻla boshlagan. Yozuv ixtirosi sivilizatsiyaning boshlanishini anglatadi deb hisoblanishining sababi shundaki, inson sodir boʻlgan voqealar haqidagi xotirani yozma ravishda saqlab qolish va bu bilan oʻz tajribasini boshqalarga yetkazish imkoniyatiga ega boʻlgan. Bu vaqt mobaynida odamlar maʼlum bilimlarga muvofiq yashashni, boshqacha qilib aytganda, boshqaruv tizimini yaratishni oʻrgangan. Shu bilan birga, ezgulik va yovuzlik, yomon va yaxshi, yaʼni axloq deb ataladigan ilk mafkuralar paydo boʻlgan.
Bularning barchasi qachon sodir boʻldi? Jarayonning boshlanishi uzoq tarix ortida yashiringan va inson Yer yuzida paydo boʻlgan dastlabki kunlarga toʻgʻri keladi. Sivilizatsiya birinchi bosqichlarining alomatlari paydo boʻlishi miloddan avvalgi oltinchi ming yillikka toʻgʻri keladi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.