Ziddizahar nima?
Zahar tirik to'qimalarga og'riqli yoki halokatli ta'sir ko'rsatadigan modda.
2 min
Bu nima?

Kishi zaharlanmaguniga qadar ziddizahar talab etilmaydi. Chunki unga ehtiyoj yoʻq. Bu zahar taʼsirini kesadigan, zahar esa tirik toʻqimalarga ogʻriqli yoki halokatli taʼsir koʻrsatadigan modda.

Organizmga koʻrsatadigan taʼsiriga qarab zaharli moddalar 4 ta asosiy guruhga boʻlinadi: kemiruvchi zaharlar (oʻyuvchi kislotalar kabi) mahalliy biologik toʻqimalarni parchalaydi, zaharlovchi turi esa aʼzoni falaj qiladi. Zaharlarning yana bir guruhi — neyrotoksinlar asab hujayralarini nobud qiladi.

Nihoyat, gemotoksinlar. Ular qonga tushganda kislorodni neytrallab, gemoglobin hosil boʻlishini toʻxtatadi. Uglerod oksidi (avtomobillar chiqaradigan chiqindi gazlar) gemotoksinning yorqin namunasidir. Gemotoksinlar oʻlimga olib keladi, chunki qondagi kislorod tanqisligi natijasida toʻqimalar va miyaning oziqlanishi toʻxtaydi. Zaharlanish roʻy berganda uchta amalni bajarish juda muhimdir. Birinchisi, zaharni suyultirish, yaʼni zaharlangan odamga iloji boricha koʻproq suv berish lozim. Ikkinchisi — qusishni chaqirish orqali oshqozonni tozalash. Zahar taʼsirini bartaraf etishning bu amallari ayrim zaharli moddalarga qarshi qoʻllanadi.

Baʼzi hollarda zaharga qarshi kurash boshqacha koʻrinishda ham boʻlishi mumkin. Ulardan biri kimyoviy moddalarni zahar bilan birlashtirib, uni zararsizlantirishdir. Masalan, sodali kislota, ishqorli sirka. Shuningdek, zaharlardan shilliq pardalarni zaytun moyi yoki sutning himoya qatlami bilan qoplab, jismonan himoyalanish ham mumkin.

Uchinchi usul — zaharni yutuvchi moddalardan foydalanish. Ularni tuyilgan shaklda zararlangan yuzaga sepish kerak. Masalan, pistakoʻmirdan foydalanish mumkin. Organizmda tabiiy zaharli moddalar mavjud boʻlib, ular tanaga tushgan zahar bilan birlashganda zaharga qarshi dori vazifasini bajaradi. Albatta, zaharlanish holatida shifokor hal qiladigan asosiy muammolardan biri bu — zaharni tanadan qanday qilib chiqarish. Buning uchun esa koʻplab usullar mavjud.

Zaharlanishga qarshi kurashishning eng yaxshi vositasi — hushyor boʻlish. Zaharli moddalar bolalar qoʻli yetmaydigan joylarda, aniq yozuvlari boʻlgan idishlarda ogʻzi mahkam yopilgan holda saqlanishi kerak.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!