Nega haftaning juma kuni va 13 raqami omadsiz deb hisoblanadi?

Hafta raqamlari va kunlari masalasini odamzot ba’zida turli irim-sirimlarga bogʻlagan. Ayrimlar omadli, boshqalari esa omadsiz deb hisoblangan. Garchi bu borada koʻplab nazariyalar mavjud boʻlsa-da, lekin 13 raqami nega omadsiz boʻlib qolgani haqida hech kim aniq biron narsa ayta olmaydi. Ulardan biri Skandinaviya mifologiyasi bilan izohlanadi. Bir afsonaga koʻra, 12 ta maʼbud boʻlgan, keyinchalik yana biri, oʻn uchinchisi — Loki paydo boʻlgan. Oʻshandan beri Loki dahshatli va muammo keltiradigan shaytonga aylangan. Aynan Loki oʻn uchinchi maʼbud boʻlganidan boshlab, 13 raqami omadsizlik ramziga aylangan.

Baʼzilar esa bu xurofotning kelib chiqishini yashirin oqshomda 13 nafar mehmon boʻlgani, Iuda esa aynan oʻn uchinchisi ekani bilan bogʻlaydi. 13 raqamiga bogʻliq xurofotlarni Yevropa va Amerikaning deyarli har bir mamlakatida topish mumkin. Haftaning omadli va omadsiz kunlari xususidagi irim-sirimlar raqamlar haqidagi xurofotlar kabi keng tarqalgan va ularning aksariyati juma kuni bilan bogʻliq.

Qadimgi Rimda haftaning oltinchi kuni Veneraga bagʻishlangan. Shimoliy xalqlar hafta kunini hisoblashning Rim usuliga oʻtganida, oltinchi kunga ular rimliklar uchun Venera kabi boʻlgan maʼbuda Friga yoki Freya sharafiga nom bergan. Shu vaqtdan beri “juma” (Friday) soʻzi, yaʼni maʼbuda Friga kuni paydo boʻlgan.

Skandinavlar juma kunini haftaning eng omadli kuni, xristianlar esa, aksincha, eng omadsizi deb hisoblagan. Bu Masih aynan juma kuni xochga mixlanganligi bilan izohlanadi. Musulmonlarning soʻzlariga koʻra, Odam Ato juma kuni yaratilgan va rivoyatga koʻra, Odam Ato va Momo Havo taʼqiqlangan mevani juma kuni taʼtib koʻrgan va aynan juma kuni vafot etgan. Xurofotga ishonadigan odamlar oyning 13-kuni omadsiz juma kuniga toʻgʻri kelganida umuman baxtsiz kun boʻladi deb hisoblaydi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!