Nikoh uzugi qachondan taqila boshlandi?
Nikoh uzugi haqida qiziqarli ma'lumotlar.
2 min
Tarix

Nikoh uzugini taqish eng qadimgi va odamlar orasida eng keng tarqalgan odatlardan biridir. Bu anʼana shunchalik qadimiyki, hozir hech kim uning qanday paydo boʻlganini aytib bera olmaydi. Uzuk toʻkislik va tugallanganlik ramzi boʻlgan doirani anglatadi, uning nikoh bilan bogʻliqligi esa, shubhasiz, inson hayotining davriyligidan iborat edi. Koʻpincha xotinsiz erkak yoki ersiz ayol jamiyatda “toʻliq boʻlmagan” odamlar sifatida koʻriladi. Faqat turmush qurgandan soʻng ular bir butunga aylanadi. Balki dumaloq nikoh uzugi shuni ham anglatar…

Baʼzilarning fikriga koʻra, ibtidoiy ayol bilaguzugining kuyov tomonidan oʻgʻirlanishi nikoh uzugining ibtidosi boʻlgan. Balki ayolning qoʻli yoki oyogʻidagi bilaguzuk u qabiladagi erkakning “mulki” ekanligini anglatgandir? Asta-sekin bilaguzuk barmoqdagi uzukka almashgan. Qadimgi odam sehrga ishongani bizga maʼlum. U kelin sifatida tanlagan ayolning beliga oʻrilgan bogʻich bogʻlab qoʻygan. Erkak bu bilan ayolning ruhi uning tanasiga oʻtib, abadiy unga tegishli boʻlishiga ishongan. Balki nikoh uzugi ushbu udum oqibatida paydo boʻlgandir…

Nikoh marosimlarida nikoh uzugini ishlatgan ilk xalqlardan biri misrliklar boʻlgan. Misr iyeroglif suratlarida aylana abadiylikni, nikoh uzuklari esa oʻlimdan keyin ham davom etishi kerak boʻlgan birgalikdagi hayotni anglatadi. Xristianlar toʻy paytida uzukdan foydalanishni taxminan 900 yil avval boshlagan. Nega uzuk chap qoʻlning nomsiz barmogʻiga taqilgan?

Qadimgi yunonlar bu barmoqdagi qon tomiri qonni toʻgʻridan toʻgʻri yurakka yetkazib berishiga ishongan. Ammo uzukning aynan shu barmoqqa taqilishining asosiy sababi, qulaylikdir.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!