Sovutgichni kim ixtiro qilgan?
Sovutgich qanday ixtiro qilingan?
2 min
Tarix

Muzlatish bu — sovuq hosil qilib, narsalarni sovuqda saqlash jarayoni. Bunga jismlardan issiqlikni toʻliq olish orqali erishiladi, shuning uchun ham muzlatish issiqlikni olish jarayonidir. Albatta, qadimgi davrlarda bu maqsadda qor va muz ishlatilgan. Bu tabiiy chora boʻlgan. Sharoblar shu tarzda sovutilgan. Ammo qadimgi davrlarda ham sovuq yaratishning yana bir usuli maʼlum boʻlgan. Bunga maʼlum bir tuzlarni suvda eritish jarayoni orqali erishiladi. Selitra tuzi va ammoniy nitrat kabi materiallar oʻzi erigan suvni sovutadi. Shu tarzda suv harorati pasayadi. Tuz suvning muzlash nuqtasini pasaytiradi. Muzga tuz sepilganda, u suvga aylanadi. Ushbu oʻzgarish sodir boʻlishi uchun energiya, yaʼni issiqlik sarfi kerak.

Demak, sovutishning dastlabki usullari tabiiy, yaʼni muz, suv va suvda erigan tuzlar boʻlgan. Ammo muzlatishning yana bir usuli boʻlib, u suyuqlikni bugʻga aylantirish — bugʻlanish deb ataladi. Qoʻlga oz miqdordagi suv yoki spirt tushganda, sovuq seziladi: suyuqlik issiqlikning bir qismini olib bugʻlanadi. Ushbu bugʻlanish prinsipi zamonaviy sovutgichlarda qoʻllaniladi.

1823-yilda Maykl Faradey ammiak bugʻi bosim ostida siqilib, keyin undan issiqlik ajratib olinganida, u qayta suyuqlikka aylanishini kashf qilgan. Bosim oshirilib, suyuqlikning yana bugʻlanishi issiqlik sarfini talab qiladi va natijada sovuqni hosil qiladi. Qanday qilib bu kashfiyot sovutkichning ixtiro qilinishiga imkon berdi? Bu juda oddiy. Dastlab bugʻ suyuqlikka aylantiriladi va issiqlik ajralib chiqadi. Keyin u yana bugʻga aylantirilganda esa issiqlikni oladi. Bu jarayonni boshqarish va uni uzluksiz qilish orqali biz zamonaviy sovutgichlarga ega boʻlamiz. Ushbu prinsip asosida yaratilgan birinchi sovutish kameralari 1874-yilda shveysariyalik ixtirochi Karl Lind tomonidan pivoni sovutish uchun qurilgan. 1877-yilda Lind oʻz ixtirosida suyuqlik sifatida ammiakdan foydalangan va shu tariqa sovutgich tarixi boshlangan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!