Kartoshka qayerda paydo bo‘lgan?
Qanday qilib kartoshkadan ko'p hosil olish mumkin?
2 min
Tarix

Kartoshka haqida gap ketganda, Irlandiyani eslaymiz. Buning sababi bor. Kartoshka Irlandiya tarixida muhim rol oʻynagan. Yuzlab yillar oldin bu mamlakat aholisi asosiy oziq-ovqat sifatida kartoshka hosiliga juda bogʻliq boʻlgan. 1846-yilda kartoshkaning barcha hosili nobud boʻlgan va 600 mingdan ortiq odam ochlikdan vafot etgan. Ammo sevimli sabzavot boʻlib qolgan kartoshka aslida Irlandiyada paydo boʻlmagan. Uning vatani — Ekvador va Peruning baland togʻlari. Hozir ham u yerda yovvoyi kartoshkani uchratish mumkin. Peruga kelib, kartoshkani koʻrgan ispaniyaliklar XVI asrning boshida uni oʻzi bilan Ispaniyaga olib ketgan. Ispaniyadan u butun Yevropaga tarqalib, juda mashhur va sevimli boʻlgan.

Baʼzilar ispanlar kartoshkani dastlab Shimoliy Amerikaga olib kelgan deb hisoblaydi. Ammo u Nyu-Gempshirga 1719-yilda Irlandiyadan olib kelingani haqida dalillar mavjud. Kartoshka ituzumdoshlar oilasiga mansub. U yoʻgʻonlashgan yerosti ildizdir. Kartoshkaning “koʻzi” uning hali yetilmagan kurtaklaridir. Ammo hozirgi kartoshka Janubiy Amerikadagi ajdodlaridan juda farq qiladi. Oʻzgarishlar turli xil yetishtirish usullari bilan amalga oshirilgan. Kartoshka yetishtiruvchilar u maʼlum xususiyatlarga ega boʻlishi uchun doimiy ravishda ular ustida ishlagan. Maqsad — kasalliklarga chidamli, uzoq vaqt saqlanadigan, yoqimli tusga ega, serhosil kartoshka olish. Shuning uchun urugʻlikka faqat ushbu xususiyatlarning barchasiga mos keladigan tugunaklar tanlangan.

Kartoshka urugʻlardan emas, balki tugunaklardagi “koʻz” kurtaklardan oʻsadi. Bu kurtaklar oq yoki binafsharangdagi nishga aylanadi. Poyasi 30 dan 90 sm gacha oʻsadi. U soʻlib quriganida kartoshkani yigʻib olish mumkin. Kartoshka oziq-ovqat sifatida, kraxmal va spirt ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!